Gorizontal to’g’ri chiziq


Download 30.27 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi30.27 Kb.
#1157073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-22

Tekislikning berilishi. Tekislik birinchi tartibli sirt hisoblanadi. Umumiy holda
tekislikning fazoviy vaziyatini bir to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan uchta nuqta aniqlaydi.
Haqiqatdan, 2.15-shakldagi A, B va C nuqtalar fazoda biror Q tekislikning vaziyatini
aniqlaydi. Bu nuqtalardan har birining fazoviy o’rni o’zgarishi bilan tekislikning vaziyati ham
fazoda o’zgaradi.
Chizma geometriyada tekisliklar quyidagi hollar bilan beriladi:
 bir to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan uchta nuqta proyeksiyalari bilan (2.16 –
a, shakl);
73
 bir to’g’ri chiziq va unga tegishli bo’lmagan nuqta proyeksiyalari bilan
(2.16 – b, shakl);
 ikki parallel to’g’ri chiziq proyeksiyalari bilan (2.16 – v, shakl);
 ikki kesishuvchi to’g’ri chiziq proyeksiyalari bilan (2.16 – g, shakl);
 tekis geometrik figuralarning ortogonal proyeksiyalari orqali berilishi ham
mumkin (2.16 – d, shakl);
2.15-shakl
a) b) v) g) d)
2.16-shakl
Shuningdek, tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishish chiziqlari orqali berilishi
ham mumkin (2.17–shakl). Masalan, P tekislik H, V va W proyeksiyalar tekisliklarini PH, PV,
PW chiziqlar bo’yicha kesadi.
a) b)
2.17-shakl

Gorizontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga
perependikulyar to’g’ri chiziq gorizontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq deb ataladi (2.10-
shakl). Bu to’g’ri chiziq H tekislikka nuqta bo’lib proyeksiyalanadi. Uning frontal va profil
proyeksiyalari Oz o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi V va W ga o’zining
haqiqiy o’lchami bo’yicha proyeksiyalanadi.
2.10-shakl
Frontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq. Frontal proyeksiyalar tekisligiga
perependikulyar to’g’ri chiziq frontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar deb ataladi (2.11-
shakl). Bunday to’g’ri chiziq V tekisligiga nuqta bo’lib proyeksiyalanadi. Uning gorizontal va
profil proyeksiyalari Oy o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi H va W
proyeksiyalar tekisliklariga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proyeksiyalanadi.

Download 30.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling