Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω hormanino qoʻzgʻataman) ichki


Download 208.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2023
Hajmi208.26 Kb.
#1177777
Bog'liq
Gormonlar - Vikipediya



Gormonlar
Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω -
hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki
sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da
ishlanib chiqib, qonga va toʻqima
suyuqligiga oʻtadigan biologik faol
moddalar. Ular butun organizmga
tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning
faoliyatini boshqaradi.


Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas:
Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon
bezda,
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) -
buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga,
Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va
h.k.
Boshqalari (qalqonsimon bez
Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish
gormoni va boshqalar) organizmning
hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir
koʻrsatadi.
Chapda: ayoldagi gormonlarning o'zaro ta'siri. (1) follikullarni ogohlantiruvchi gormon, (2) luteinlashtiruvchi gormon,
(3) progesteron, (4) estradiol.
O'ngda: o'simliklardagi gormonlar harakati. Barglardan ildizgacha (Arabidopsis thaliana).


Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi
turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq,
mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga
taʼsir etadi.
Testosteron va boshqa Androgenlar
assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi,
organizmda azot toʻplanishiga sabab
boʻladi,
Glyukokortikoidlar moddalar
almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen
hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va
limfoid toʻqimada oqsillarning
parchalanishini, Estrogenlar bachadonda
fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini
kuchaytiradi,


Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar)
Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga
taʼsir etadi.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini
stimullash, fermentlarni faollashtirish va
fermentativ reaksiyalar tezligini
oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar
almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular
oqsilning tuzilishini belgilab beradigan
informatsion ribonuklein kislotasining
hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar
biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy
Gormonlar organizmning oʻsishini,
balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur
paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar
ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-


xatar taxdid qilganda va shu munosabat
bilan muskullarga zoʻr kelganda
Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi
glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga
qon borishini kuchaytiradi; organizmga
zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq
chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab
turishi uchun Gormonlar ehtiyojga
yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv,
gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir
etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv
sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan
bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi
taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining
magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab
chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan
qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali


gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing
gormonlar (gipofiz Gormonlarni
ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil
boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib,
gipofizar (trop) Gormonlarning
qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi,
bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya
bezidan Gormonlar chiqishini
kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror
sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa,
gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi
toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop
Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan
keyin periferiyadagi ichki sekresiya
bezidan Gormonlar chiqishi ham
kamayadi. Qonda biror Gormonlar
kamayib ketsa (mas. Toʻqimalarda


Gormonlar tez parchalanganda) rilizing
Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz
trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi,
shundan keyin periferik bez Gormonlarni
ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda
gipofizning baʼzi Gormonlarini
ingibirlovchi neyrogormonlar
(prolaktostatin, melanostatin,
samotostatin) ham ishlab chiqariladi.
Ular taʼsirida tegishli gipofiz
Gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi.
Qondagi Gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan
ham boshqariladi. Mas. glyukoza
koʻpayib ketganda u glikogenning
parchalanishini tezlatib, glyukoza
miqdorini orttiruvchi adrenalin
konsentratsiyasini kamaytiradi.


Organizmda natriy tuzlari yetishmasa,
buyrak usti bezlarining poʻstloq
qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi,
natijada buyrak kanalchalarida natriy
tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda
ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar
maʼlum miqdorda ishlanib chiqib,
moddalar almashinuvini va organizmning
boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turakulov Ya. X., Tireoidnie gormoni, T.,
1972:
Reznikov A. Gormonlar, Polovie
gormoni i differensiatsiya mozga,
Adabiyotlar


Kiyev, 1982;
Korn ye va Ye. A., Gormoni i
immunnaya sistema, L., 1988;
Konoplya Ye. F., Membrannie
mexanizmi gormonalnoy regulyatsii.
Minsk, 1991.
Zoirxoʻja Akbarov.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 8-Yanvar 2023, 19:01 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Gormonlar&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gormonlar&oldid=3543625" 
dan olindi


Download 208.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling