Goʻsht sanoati soʻyilgan molni kompleks


Download 106.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi106.25 Kb.
#1550547
Bog'liq
Goʻsht sanoati - Vikipediya



Goʻsht sanoati
Goʻsht sanoati - soʻyilgan molni kompleks
tarzda qayta ishlovchi sanoat tarmogʻi,
oziq-ovqat sanoatining muhim soxasi.
G.s. korxonalarida qoramol, qoʻy-echki,
parranda, quyon va b. soʻyilib, undan
goʻsht olinadi, goʻsht konservasi, kolbasa
maqsulotlari, yarim tayyor fabrikatlar
(kotlet, chuchvara, pazandachilik
mahsulotlari) tayyorlanadi; shuningdek
chorvaga yem sifatida ishlatiladigan
goʻsht va suyak uni, qimmatbaho tibbiy


preparatlar (insulin, geparin, lipokain va
b.), aminokislotalar, shuningdek, yelim,
parranda pari va pati, jelatin ishlab
chiqariladi. G.s.da ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning xili 400 dan oshadi.
Koʻpgina mamlakatlarda goʻsht va goʻsht
mahsulotlarini i.ch. asosan 20-asr
oʻrtalaridan sanoat miqyosida rivojlana
boshladi. 30—40-yillarga kelib yirik goʻsht
kombinatlari qurildi. I. ch.da zamonaviy
mashina va apparatlarni qoʻllash, i. ch.
jarayonlarini mexanizatsiyalash natijasida
G. s. da mahsulot yetishtirish salmogʻi
oshib bordi. Masalan, AQSH da goʻsht
yetishtirish yaxshi taraqqiy etgan boʻlib,
jami soʻyilgan mollarning 95% ga yaqini
sanoat usulida qayta ishlanadi.


Shuningdek, Argentina, Urugvay, Yangi
Zelandiya, Avstraliya va boshqa
davlatlarda ham bu borada katta
yutuklarga erishilgan. Gʻarbiy Yevropaning
qator mamlakatlarida qoramol soʻyish
kommunal kushxonalarda, kolbasa
mahsulotlari, konservalar va b. goʻsht
mahsulotlari i. ch. esa maxsus
korxonalarda, shuningdek magazinlar
qoshidagi mayda qassobxonalarda
amalga oshiriladi. Goʻsht ishlab
chiqaruvchi asosiy mamlakatlar —
Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlari,
Xitoy. Jahonda aholi jon boshiga GOʻSHT
isteʼmol etishning oʻrtacha yillik hajmi 35
kg atrofida, uning eng kam darajasi Afrika
mamlakatlari, Janubiy Amerika va Jan.-


Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, yuqori
darajasi esa asosiy goʻsht ishlab
chiqaruvchi mamlakatlarga toʻgʻri keladi
(yiliga oʻrtacha 120—130 kg). Keyingi
davrda Gʻarbiy Yevropa va AQShda goʻsht
yetishtirishda parranda goʻshtini ishlab
chiqarish koʻpayib bormoqda. Jahon
boʻyicha yalpi goʻsht ishlab chiqarish
225,9 mln. t (1999).
Oʻzbekistonda ham sanoatning bu
tarmogʻi asosan 30-yillardan boshlab
shakllandi. Bunga qadar aholini goʻsht
bilan mayda va tarqoq qassobxona
hamda kushxonalar taʼminlab kelgan. Ot
goʻshtidan qazi, qoramol, qoʻy goʻshtidan
uzoq muddat saqlanadigan quritilgan,


qovurilgan goʻsht mahsulotlari
tayyorlangan. 1905-yilda toshkentlik boy
Orifxoʻja Azizxoʻjayev Turkiston oʻlkasida
dastlabki zavod tipidagi kushxonaga
asos solgan. 1929-yilda bu kushxona
negizida Toshkent goʻsht kombinati
tashkil etiladi. 1932-yilda G. s. respublika
xalq xoʻjaligi rejasiga alohida sanoat
tarmogʻi sifatida kiritildi. Oʻsha yili
Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro,
Kattaqoʻrgʻon, Termiz, Qarshi, Qoʻqon
sh.laridagi 8 ta shahar qassobxonasi,
Samarqand va Buxorodagi muzxona
(muzlatkich)ni birlashtirgan
„Oʻzgoʻshtsovitishsanoat“ tresti tashkil
etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga
Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyoʻl


sh.laridagi kushxonalar, Xoʻjayli, Urganch
mol soʻyish punktlari va Toshkent
muzxona kombinati ham kirdi. 1955—
1965-yillarda Buxoro, Xoʻjayli, Urganch
(hammasi 1956-yilda), Termiz (1960),
Shahrisabz (1965) goʻsht kombinatlari
qurildi. 1965-yilda Respublika Goʻsht va
sut sanoati vazirligining tashkil etilishi b-
n. G. s korxonalari qurilishi jadallashdi.
Chirchiq, Fargʻona, Kattaqoʻrgʻon,
Samarqand goʻsht kombinatlarida yuqori
quvvatga ega boʻlgan kolbasa sexlari
qurildi. 1949-yilda Oʻzbekistondagi 14
goʻsht kombinatining smena quvvati 82 t
goʻshtni qayta ishlash, 17,2 t kolbasa
mahsulotlari i. ch. darajasida boʻlsa,
1979-yilda 18 goʻsht kombinatining


smena quvvati 438,5 t goʻshtni qayta
ishlash va 125,5 t kolbasa mahsulotlari
i.ch.gacha ortdi. 1970—1995-yillarda
Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va
Namangan goʻsht kombinatlari qurib
ishga tushirildi, Buxoro, Fargʻona, Termiz,
Xoʻjayli, Qarshi, Shahrisabz goʻsht
kombinatlari qayta taʼmirlanib, quvvatlari
oshirildi. Koʻpgina korxonalar yangi
texnologiyalarni qoʻllash asosida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini
koʻpaytirishga erishdilar.
Respublika mustaqillikka erishgandan
keyin boshqa sohalardagi singari goʻsht
sanoati sohasida ham chuqur tashkiliy va
iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi,


tarmoqdagi korxonalarning koʻpchiligi
davlat tasarrufidan chiqarilib,
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi.
Ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik
qilgan Goʻsht va sut sanoati vazirligi
tugatilib, 1993-yil 6-aprelda
„Oʻzgoʻshtsutsanoat“ davlat-aksiyadorlik
uyushmasi tashkil etildi. 1991—2001-
yillarda respublikadagi jamoa xoʻjaliklari
va tadbirkorlar tomonidan zamonaviy
texnologiya uskunalari bilan jihozlangan
goʻsht va kolbasa mahsulotlari ishlab
chiqaradigan koʻplab korxonalar qurildi.
Tarmoqdagi eng yirik korxona Toshkent
viloyati (Oʻrtaovul)dagi goʻsht
kombinatidir. Toshkent viloyatida bundan
tashqari Angren, Bekobod, Olmaliq,


Chirchiq goʻsht kombinatlari va Yangiyoʻl
tajriba kolbasa zdi ishlaydi.
„Oʻzbekbirlashuv“ning „Oʻzbekistan
shirkat sanoati“ birlashmasi tarkibida
ham kolbasa mahsulotlari ishlab
chiqaradigan oʻnlab sexlar faoliyat
koʻrsatadi.
Respublika G. yeda Germaniya va Turkiya,
Xitoy firmalari bilan hamkorlikda suyakni
qayta ishlash, ichak mahsulotlari
tayyorlash, yarim tayyor goʻsht
mahsulotlari i. ch., goʻshtni qadoqlash va
oʻrab isteʼmolga chiqarish boʻyicha
tadbirlar amalga oshiriladi. Xoz.
„Oʻzgoʻshtsutsanoat“ uyushmasi tarkibida
16 yirik goʻsht korxonasi (k-tlar) 45 goʻsht


yetishtirishga ixtisoslashgan xujaliklar,
viloyat tumanlarida soʻqimga boqiladigan
va boʻrdoqichilik punktlari hamda 160
dan ortiq oʻrta va kichik korxonalar bor.
Respublika G. s. oʻzining mustaqil va
yetarli xom ashyo bazasiga ega. Keyingi
yillarda respublikada chorva mollari bosh
sonini saqlab qolgan holda, goʻsht va
goʻsht mahsulotlari i. ch.ni koʻpaytirishga
erishish yoʻlidagi tadbirlar davom
ettirilmoqda. 2000-yilda Oʻzbekiston
Respublikasida 841,1 ming t goʻsht
yetishtirildi (tirik vaznda) va G.s.da 121,6
ming t goʻsht va goʻsht mahsulotlari
ishlab chiqarildi.
Poʻlat Tursunxoʻjayev.


OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Go%CA%BBsht_sanoati&action=edit)
Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 30-Dekabr 2022, 21:35 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Go
ʻsht_sanoati&oldid=352699
8
" dan olindi

Download 106.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling