Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja: i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 444.5 Kb.
bet12/23
Sana06.02.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1169119
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja Kirish i-bob. Go’

Frikadelka. Go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Unga xom tuxum, jazlangan piyoz, tuz, murch va bir oz suv qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng miqdori 7—10 grammdan qilib porsiyalanadi va shar shakli beriladi. .
Qiyma — kabob. Qo‘y go‘shti qiymasidan tayyor­lanadi. Go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib to‘g‘ralgan piyoz, dumba yog‘i bilan qo‘shib go‘sht qiymalagichdan 2—3 marta o‘tkaziladi. Tuz, murch, ziravor qo‘shib aralashtiriladi. Bir oz limon sharbatini qo‘shish ham mumkin. Aralashma marinadlanishi uchun 2—3 soat davomida sovitkichga qo‘yiladi. So‘ng porsiyaga ajratilib, kichik xasip bo‘lagi shakli berilib sixga tortiladi va qo‘yi­ladi.
Go‘sht kotlet massasini tayyorlashda mol go‘shtining bo‘yin, boldir, peshnob bo‘laklari go‘shtlarini va suyaklarini tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht bo‘lakchalari: cho‘chqaning go‘sht bo‘laklarini tozalaganda chiqadi­gan mayda bo‘laklari, ba’zan qo‘y go‘shti bo‘laklarini tozalaganda chiqadigan mayda go‘sht bo‘lakchalari, bo‘yinning yumshoq joyi ishlatilishi mumkin. Go‘sht yog‘liqli darajasi 10% gacha bo‘lsa, tayyorlanadigan kotlet massasi sifat darajasi yaxssh bo‘ladi. Agar go‘shtning yog‘liqli darajasi xam bo‘lsa, 5—10% miqdorda dumba yog‘i ho‘shib tayyorlanishi mumkin. Go‘sht paylaridan, dag‘al birlashtiruvchi to‘qimalaridan, qotib qolgan qonlaridan tozalanib, kqchik bo‘lakchalar ko‘rinishida kesilib, go‘sht qiymalovchi mashinadan o‘tkaziladi. Bir oz suvi qochgan birinchi navli bug‘doy bulka non» suv yoki sutda bo‘ktirilib, suyuqligi siqiladi va go‘sht qiymasi bilan aralashtirib, tuz, murch, qo‘shilgan holda yana go‘sht qiymalovchi mashinadan o‘tkaziladi. Quyuq suyuqligiga qarab sut yoki suv qo‘shib aralashtirib, urib pishitiladi. Bunda kotlet massasining mayinlik va g‘ovakli darajasi oshadi. Agar meyoridan ko‘proq urib pishitilsa tarkibidagi yog‘ miqdori kamayib o‘z sifatini pasaytirishi mumkin.
Bir kilogramm go‘sht uchun 250 gramm bug‘doy noni, 300 gramm suv yoki sut, 20 gramm tuz, 1 gramm murch ishlatiladi.
Go‘sht kotlet massasidan quyidagi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi.
Kotlet. Go‘sht kotlet massasidan 57 gramm miqdorida uzib olinib, qalinligi 2—2,5 santimetr, uzunligi 10—12 santimetr, kyongligi 5 santimetrli uchi o‘tkirlangan cho‘ziq shakl berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 1—2 donadan ishlatiladi.

Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling