Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja: i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Download 444.5 Kb.
bet13/23
Sana06.02.2023
Hajmi444.5 Kb.
#1169119
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja Kirish i-bob. Go’

Bitochki. Go‘sht kotlet massasidan 57 gramm miq­dorda uzilib, qalinligi 2—2,5 santimetr, diametri -6 santimetrli doyra shakli berilib, urvoqqa belana­di. Porsiyasiga 2 donadan ishlatiladi.
Kotlet va bitochki uchun qiyma tayyorlash jarayonida porsiyasiga 5—8 gramm piyoz yoki 0,5—0,8 gramm sarimsoqpiyoz qo‘shish mumkin. Bunda tayyorlangan yarim tay­yor mahsulot shu zahoti issiq ishlovga jo‘natilishv lozim, aks holda go‘sht rangi o‘zgarishi va mahsulot sifati yomonlashishi mumkin.
Shnitsel. Go‘sht kotlet massasida porsiyaga taqsimlanadi, urvoqqa belanadi, qalinligini 1 santimetrga keltirilib oval shakl beriladi. Porsiyasiga 1 donadan ishlatiladi.
Zrazi. Go‘sht kotlet massasi kamroq non qo‘shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlanadi, qalinligi 1 cm da «obi non» shakli beriladi, o‘rtasiga qiyma solinib, chetlari birlashtiriladi, qirra yedirilgan g‘isht shakli berilib, urvoqqa belanadi. Porsiyasiga 1—2 do­nadan ishlatiladi. Qiymaga chopilgan tuxum, jazlan-gan piyoz, ko‘kat, tuz, murch aralashtiriladi. Qiyma sifatida yana mayda kesilgan quymoq ishlatilishi ham. mumkin.
Tefteli. Go‘sht kotlet massasi non miqdori kam­roq qo‘shib tayyorlangandan so‘ng mayda chopilib, jazlangan piyoz bilan aralashtirilib, porsiyalanadi. So‘ng kattaroq yong‘oqcha shaklida yumaloqlanib unga belanadi.
Rulet. Go‘sht kotlet massasiga non. kamroq qo‘shib tayyorlanadi. Ho‘llangan sochiq yoki doka ustiga qalin­ligi 1,5—2 santimetr qilib to‘g‘ri to‘rtburchak shakli­da yoyiladi, kotlet massasi o‘rtasiga bir oz cho‘ziq hol­da.qiyma qo‘yiladi va chetlari sochiq yoki doka yordamida birlashtirilib, baton shaklini beriladi. Yog‘lanib urvoq sepilgan temir tovaga chokini pastga qilib so­chiq yoki dokadan bo‘shatiladi ustiga lezon surtilib ustidan urvoq sepiladi va ust tomonidan bir necha yeridan teshiladi. Teshishga sabab issiq ishlovda yorilib ketishdan saqlash.
Qiyma sifatida pishirib yog‘langan makaron yoki pishirib chopilgan tuxum, yoki jazlangan piyoz ishlatiladi.
Yana jazlangan piyoz va pishirib chopilgan tuxum aralashmasini ham ishlatish mumkin.

Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling