Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja: i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish
Download 444.5 Kb.
|
Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja Kirish i-bob. Go’
Rostbif. Pushti mag’iz yoki yelka qismi, ya’ni umurtqa qismini tozalab, tuz va murch sepiladi, qaynoq yog‘li soteinik yoki protivenga solib, kuchli olovda qizartirib qovuriladi. Rostbif qovurish shkafida yog‘ va sel solib yetiltirib pishiriladi. Rostbif odatda go‘sht bo’lagining ichidagi sel pushti rangga kirguncha qovuriladi. Tayyor go‘sht porsiya bo‘laklariga kesiladi (bir porsiyaga 2- 3 bo‘lak). Taomning yoniga qovurilgan kartoshka va qirilgan xren quyiladi. Go‘shtning ustiga go‘sht seli va sariyog‘ solinadi.
Qovurilgan cho‘chqa go‘shti. Cho‘chqaning besuyak tushini, orqa soni va kuragining yumshoq go‘shtini rulet qilib urab, kanop bilan bog‘lanadi va murch, tuz sepib, protiven yoki soteynikda qovuriladi. Cho‘chqa go‘shti bo‘laklari terisi bilan qovurilganda «rrmbcha» shaklida to‘g‘rash mumkin. Shundan keyin idishga yirik to‘g‘ralgan sabzi, boshpiyoz va petrushka solib, qovurish shkafida vakt-vaqti bilan sel quyib turib qovuriladi. Tayyor go‘shtni xar porsiyag.a 1- 2 bo‘lakdan qilib to‘g‘rab, idishga solinadi va qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuredan tayyorlangan qayla solinadi. Qaylaga qo‘shimcha qilib tuzlangan pomidor, bodring, pikulya, karam salati, yashil salat beriladi. Qovurilgan cho‘chqa 6olasi. Tozalab tayyorlangan cho‘chqa tanasining umurtqa pogonasini chopib, ikkiga nimtalanadi, usti va ichiga tuz sepiladi. rQirik tanali cho‘chqa bolasini ikki bo‘lakka (uzunasiga) nimtalash mumkin. Tayyorlangan cho‘chqa bolasining terisini goqoriga qilib protivenga quyib, smetana suriladi va qovurish shkafida vaqt-vaqti bilan yog‘ surib turib qovuriladi. Cho‘chqa bolasi bukib ketmasligi uchun go‘sht seli sepilmaydi (cho‘chqa bolasi go‘shtining yetilganligi orqa oyog‘iga ingichka pichok, urib aniqlanadi). Qovurilgan cho‘chqa bolasi porsiyalarga bo‘linadi, buning uchun avval boshi kesib olinadi, tanasi umurtqa pogonasi bo‘yicha ikkiga nimtalanadi, so‘ngra q4ndalangiga porsiya bo‘laklariga kesiladi. Qovurilgan cho‘chqa bolasi qora bug‘doy yormasidan tayyorlangan bo‘tqa solib, go‘sht seli va yog‘ quyib beriladi. Bo‘tqani berishdan avval yog‘, mayda to‘g‘ralgan tuxum yoki jazlangan boshpiyoz bilan bir oz qovurish mumkin. Porsiya bo‘laklab va mayda bo‘laklab qovurilgan go‘sht va kalla-pocha kamda ich mahsulotlari porsiyali bo‘laklar asosan plitada qovuriladi. Qovurish uchun mahsulot og‘irligiga nisbatan 5-10% miqdorda yog‘ olinadi. Yog‘ solingan tova 160-180° gacha qizdiriladi va shundan keq3in tuz sepilgan go‘sht bo‘laklari solinadi. Mahsulotnint bir tomoni qovurilgandan keyin ikkinchi tomoni ag‘darib qovuriladi. Bulangan mahsulotlar qovurilgandan keyin yetilib ggishishi uchun qovurish shkafiga qo‘yiladi. Ba’zi go‘sht mahsulotlari (miya, buzoq oyoqlari) ni avval pishirib olib, keyin bulanadi va 160-170° gacha qizdirilgan yog‘da qovuriladi. Maxsulot qizarib pishgandan keyin yog‘dan olib, yog‘i silkishi uchun quyib qo‘yiladi va qovurish shkafida yetiltirib qovuriladi. Porsiya bo‘lakli va qiymalangan go‘shtdan tayyorlaygan mahsulotlar 10-25 minut qovuriladi. Porsiya bo‘lakli naq go‘shtlar qovurilganda og‘irligi 37%, bulangan go‘shtlarning og‘irligi 27-30%, non qo‘shib qiymalangan go‘shtdan tayyorlangagg mahsulotlarning og‘irligi 15-20% kamayadi. Naq go‘shtdan qovurilgan taomni berishdan oldin ustiga yoЂ, yon tomoniga go‘sht seli qo‘yiladi yoki alohida beriladi. Bulab qovurilgan go‘sht iste’molga berishdan oldin yog‘ quyiladi, yon tomoniga esa go‘sht seli yoki sardak quyiladi. Sardakni alohida berish ham mumkin. Bunday taomlarning ustiga guvtg seli yoki sardaklarni quymaslik kerak, chunki qizarib pishgan po‘sti ivib qoladi. Bifshteks, file, langet, antrekot, bef-strogan, natural kotlet, eskalop naq go‘shtdan qovurilgan mahsulotlarga qarang. Bifshteks. Bifshteks turli xil qaylalar qo‘shilgan xolda idishda yoki tovada beriladi. Bifshtekslar bir necha usulda berilishi mumkin. B.i r i n ch i u s u l. Bifshteksga yog‘ quyiladi, qayla sifatida aovurilgan kartoshka va kirilgan xren beriladi. Bifshteksga murakkab qayla - qovurilgan kartoshka, yashil no‘xat, dimlab pishirilgan sabzi k,ushib berish xam mutgkin. Unga qo‘shimcha qilib pishirilgan gulkaram yoki sirkalangan oqkaram qo‘shib berish xam mumkin. Bifshteksning ustiga bir bo‘lak yashil yog‘ solish mumkin. I k k i n ch i u s u l. Bifshteksga oki bilan sarigini ara.lashtirmay qovurilgan bitta tuxum (glazunya) qo‘yiladi va yunorida ko‘rsatilgan qaylalar qo‘shib beriladi. Bu taom «Tuxumli bifshteks» deb ataladi. U ch i n ch i u s u l. Bifshteksning ustiga parrak qilib to‘g‘rab yog‘da qovurilgan boshpiyoz qo‘yiladi. Bifshteks porsiyali tovada, atrofiga qovurilgan kartoshka solingan holda xam beriladi. Bunday usulda tayyorlangan taom «Piyozli bifshteks» deyiladi. File. File turli kil qaylalar bilan sardakli yoki sar• daksiz qilib beriladi. File bir necha xil usulda berilishgg m umkin. B i r i n ch i u s u l. Filening ustiga yog‘ yoki go‘sht seli quyiladi; qayla sifatida qovurilgan kartoshka, sutli sardakda pishirilgan sabzavot, yashil no‘xat (murakkab qayla) qo‘shib beriladi. Bu taom «Natural file» deyiladi. I k k i n ch i u s u l. File sariyokqa qovurilgan bir bo‘lak bug‘doy noni (kruton) ning ustiga quyib beriladi. Qovurilgan non bo‘laklarining ustiga pishirilgan bir bo‘lak til yoki tgishirilgan bir bo‘lak cho‘chqa son go‘shti qo‘yib, ustiga file solinadida, ustidan madera vinosi qo‘shilgan qizil sardak yoki estragon sardagi quyilady. Qayla sifatida qovurilgan kartoshka beriladi. Bu taom «Sardakli file» deyiladi. , U ch i n ch i u s u l. File odatdagi sardakli file kabi tayyorlanadi, lekin ustiga chala pishirilgan shampinyon yoki pishirilgan oq qo‘ziqorin k,uyib, madera vinosi qo‘shilgan qizil sardak quyiladi. Bu taom «Shampinyonli file» deyiladi. T o’ r t n chi u s u l. Qdatdagi sardakli file kabi tayyorlanadi. Lekin ustiga pishirilgan bir bo‘lak ilik qo‘yib, ilik qo‘shilgan qizil sardak quyiladi. Bu taom «Ilik kushilgan file» deyiladi. Byesh i n chi us u l. File odatdagidek tayyorlanib, odatdagi; dek beriladi, lekin ustiga qovurilgan pomidor yarim bo‘laklar quyiladi. Bu taom «Pomidorli file» deyiladi. Langet. Langet bir porsiyaga ikki bo‘lakdan qilib ~uyib; aurli xil qayla bilan sardakli yoki sardaksiz beriladi. Langet bir necha usulda berilishi mumkin. B i r i n chi u s u l. Langetning ustiga yog‘, ostiga esa go‘sht syoli quiiladi, yoniga qovurilgan kartoshka yoki murakkab qayla (qovurilgan kartoshka, sabzi, un, yog‘ va shakar kushilgan yashil juxat) solinadi. Bu taom «Natural langet» deyiladi. I k k i n ch i u s u l. Langet natural langet jolida beriladi, lekin ustiga qovurilgan pomidor yarim bo‘laklari quyiladi. Bu taom «qqomidorli langet» deyiladi. U ch i n ch i u s ul. Langetga madera vinosi qo‘shilgan qizil sardak, piyoz va kornishon solingan qizil sardak, piyoz solingan smetanali sardak quyiladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka beriladi. Bu taom «Sardakli langet» deyiladi. Antrekot. Antrekotga go‘sht seli va yog‘ quyib beriladi. Go‘shtning ustiga bir bo‘lak yashil yog‘ qo‘yiladi. Qayla uchun sutda pishirilgan kartoshka yoki ista.pgan usulda qovurilgan kartoshka beriladi. Taomning yoniga qirilgan xren va petrushka xuki solinadi. Antrekotni tuxumli bifshteks yoki piyozli bifshteks kabi berish xam mumkin. Bef-strogan. Somoncha qilib to‘g‘ralgan go‘shtga tuz, murch sepib, yaxshi qizdirilgan tovada jazlangan boshpiyoz bilan birga ikki minut qovuriladi. Smetana sardagi quyiladi, tomat pyure, Yujniy sardagi solib, ikki-uch minut qizdiriladi. Bef-strogan shu tovaning uzida maydalangan petrushka sepib beriladi,. Qayla uchun avval qaynatib, keyin qovurilgan kartoshka alohida beriladi. Natural kotletlar. Cho‘chqa, quy yoki buzoq go‘shtidan tayyor.langan kotlet qovuriladi. Iste’molga berishdan avval kotletga yog‘, ostiga esa go‘sht seli quyiladi, qui go‘shtidan taiyerlangan kotletga bundan tashqari piyozli sut sardagi qo‘shib berigs ham muikin. Tozalangan suyakka papilyotka kiydirib quyila.di. Buzoq va cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan kotlet qaylasiga odatda 2-3 xil masalliq (murakkab qayla) yoki kartoshka pyu;re, qovurilgan kartoshka, sutli sardakda pishirilgan sabzavotlar ishlatiladi. Kuy go‘shtidan tayyorlangan kotlet qaylasiga g‘arg‘usha turuch, turlicha qovurilgan kartoshka, lovip quzogi yoki yog‘da pishirilgan loviya yoki murakkab qayla qilinadi. Eskalop. Eskalop buzoq yoki cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. Eskalopga bir porsiyaga ikki donadan qilib, krutonlarga solib qovurilgan kartoshka, murakkab qayla qo‘shib beriladi. Eskalopni sardakda tayyorlab krutonlarda berish ham mumkin. Bunday holda eskalopga qovurilgan buyrak bo‘laklari, pomidor, qo‘ziqorin quyib, ustiga tomat sardak quyiladi. Pomidor bilan qovurilgan kuy go‘shti. Kuy go‘shtini (soni, besuyak tushi) bo‘laklab (bir porsiyasiga ikki bo‘lakdan xilib), tuz va murch sepib qovuriladi. Son go‘shtini butunligicha qovurib, keyin porsiya bo‘laklarga ajratgan ma’qul. Qovurilgagt go‘shtni berishdan oldin qovurilgan pomidor quyib, ustidan gustt seli qo‘yiladi. Go‘shtning atrofiga qovurilgan kartoshka qo‘yiladi. Kartoshka butunligicha (mayda kartoshka) kovuriladi yoki uygich bilan mayda sharcha (yongok) qilib qovuriladi. Download 444.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling