Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja: i-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish
Download 444.5 Kb.
|
Go`shtdan taomlar tayyorlashni o`rganish reja Kirish i-bob. Go’
Tefteli va frikadelka. Bu mahsulot unga bulanadi va qovurilgach, tomat yoki sizil sardakka solib; 7- 10 minut dimlanadi. Tefteli porsiyasiga 3-4 donadan, frikadelka esa 6-10 donadan solib beriladi. Qayla sifatida qovurilgan kartoshka yoki guruch beriladi.
Sut sardagida qizartirib pishirilgan kotletlar. Yasalgan kotletlar bulanmaydi, yog‘ surtilgan tova yoki protivenga solib, kotletning bo‘yiga qarab chuqurcha yasaladi va shu chuqurchaga shira va oshpazlik sopchasidan quyuq sut sardagi solib to‘ldiriladi va ustiga maydalangan pishloq va moy sepib qizartirib pishiriladi. Taom turli xil qaylalar bilan beriladi. Qizil sardak taomning yoniga qo‘yiladi. Smetanali sardakda qizartirib pishirilgan bitochka. Gargo‘sha guruch bo‘tqasiga jazlangan tomat-pyure solib, ikkitadan bitochka qo‘yiladi, ustidan tomat va piyozli smetana sardagi qo‘yiladi, maydalangan pishloq sepib qizartirib pishiriladi. Lo‘la kabob. Qo’y go‘shti, boshpiyoz, qo’y yog‘i mayda chopiladi yoki qiymalagichdan o‘tkaziladi va tuz, murch, limon sharbati solib, 2- 3 soat qo‘yib qo‘yiladi. Shu massadan bir porsiyaga ikki donadan qilib lo‘la yasaladi va sixga o‘tkazib, laqqa ko’mlir alangasida pishiriladi. Qayla uchun ko‘k yoki boshpiyoz, bir bo‘lak limon ishlatiladi. Lavash (bexamirturush) non aloxida beriladi. Xulosa. Kurs ishida yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirgan holda qoyidagicha xulosa qilish mumkin: -- Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Mol go’shtini nimtalash va suyaklaridan ajratish haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Go’sht yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlash yo’llari ko’rsatib berildi; - Qo’y go’shtini nimtalash va suyaklardan ajratish haqida ma’lumotlar to’plandi; - Go’sht qiymasini va undan yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlashni aniqlandi; - Go’sht kotlet massasini va undan tayyor maxsulotlarni tayyorlash haqida ma’lumotlar to’plandi; - Suyaklarga ishlov berish haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Qovurligan gо‘sht hamda kalla-pocha va ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Yirik bо‘laklab qovurilgan gо‘sht haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Dimlama gо‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar to’plandi; - Yirik bо‘laklab dimlangan gо‘sht haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Porsiya bо‘laklab va mayda bо‘laklab dimlangan gо‘sht hamda ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar to’plandi ; - Qizartirib yopib pishirilgan gо‘sht haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Gо‘sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar haqida ma’lumotlar aniqlandi; - Bumerahg metodi haqida ma’lumotlar to’plandi; - “Go’sht va go’shtli maxsulotlardan taom tayyorlash texnologiyasi” mavzusini o’qitishda « Bumerahg » mеtodidan foydalanishi bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. - Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’minlashgа fаоliyatning аniq shаrоitlаrigа, хаvfning dаrаjаsigа vа bоshqа mеzоnlаrgа bоg’liqligi aniqlanib, inson fаоliyat хаvfsizligini ta’minlashgа qаrаtilgаn tаdbirlаr uchun еtаrli dаrаjаdа e’tibor qaratish lozimligi qaid etildi. Download 444.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling