Tо‘qmoqchada urish. Bо‘laklarga bо‘lingan gо‘sht oldindan suvga bо‘ktirib qо‘yilgan tо‘qmoqcha bilan uriladi. Bunda gо‘shtdagi birlashtiruvchi tо‘qima g‘ovakligi oshadi, gо‘sht yuzasi tekislanadi, usti dazmollanganday tekislashib, bо‘lakka tegishlicha shakl beriladi. Unda bir xil issiqlik ta’s'ir etish imkoniyati yaratiladi. ,
Urvoqqa belash. Gо‘shtdagi sharbatning oqishini va namlikning bug‘lanishini kamaytirish maqsadida uni urvoqqa belanadi. Urvoqqa belangan mahsulot issiq ishlovda chiroyli va mahsulot mazasini yaxshilovchi qobiq hosil qiladi. Gо‘shtni urvoqqa belashdan avval lyezonga botiriladi. Bunda urvoq yarim tayyor mahsulotga yaxshi yopishadi.
Shpiglash. Gо‘shtning ichiga ziravorlar tiqib pishirishga tayyorlash shpiglash deyiladi. Shpiglash natijasida gо‘shtning sharbatdorligi, ta’mi va xushbо‘yligi oshadi.
Marinadlash. Gо‘shtlar porsiyalangan yoki mayda kesilgan holda marinadlanadi. Natijada gо‘shtning birlashtiruvchi tо‘qimalari yumshaydi, uning ta’mi va xushbо‘yligi oshadi.
Yarim tayyor mahsulot tayyorlashga tozalangan gо‘sht bо‘lagi ishlatiladi. Yarim tayyor mahsulotlar yirik bо‘lak, porsiyaga bо‘lingan bо‘lak, mayda kesilgan bо‘laklarga ajratiladi.
Yarim tayyor mahsulot tayyorlashda pushtimag‘iz uch qismga— yо‘g‘on (bosh), о‘rta va ingichka (dum) qismlariga bо‘linadi. Har bir pushtimag‘izning har bir qismidan о‘ziga xos yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi.
Yirik bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar. R o s tb i f —- paylardan tozalangan pushtimag‘izning lahm joyidan tayyorlanadi. Bu yarim tayyor mahsulot yо‘g‘on yoki ingichka taliqdan tayyorlanadigan bо‘lsa, bir necha yeridan paylari va pardalari yuzaki kesilishi kerak.
Pishiriladigan gо‘sht— sonning son, tashqi, yon qismidan, qо‘l, qо‘l osti, tо‘sh, qovurg‘a qismlaridan 1,5—2,5 kg dan tayyorlanadi.
Porsiyalangan yarim tayyor mahsulotlar. Bifshteks— pushti mag‘izning bosh qismidan tо‘g‘ri burchak ostida, porsiyasiga bir bо‘lakdan qalinligi 2—3 sm shayba shaklida qilib kesiladi. Bir oz tо‘qmoqchada uriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |