Aktivlar, aynan bir xil yoki shunga o‘xshash aktiv hozirgi paytda sotib olinganida to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasida, hisobga olinadi.
{Joriy (qayta tiklash) qiymati
Boshlang‘ich qiymati
Sotish (so‘ndirish) qiymati
Keltirilgan (diskontlangan) qiymat}
Aktivlar, aktivni odatdagidek sotish natijasida hozirgi paytda olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari va ular ekvivalentlarining summasida, hisobga olinadi.
{Sotish (so‘ndirish) qiymati
Boshlang‘ich qiymati
Joriy (qayta tiklash) qiymati
Keltirilgan (diskontlangan) qiymat}
MHXS bo‘yicha hisobotlarni shakllantirishda asosiy taxmin (faraz)ni ko‘rsating:
{faoliyat uzluksizligi to‘g‘risidagi taxmin
iqtisodiy mazmunning shakldan ustuvorligi
axborotning muhimliligi to‘g‘risidagi taxmin
axborotning ishonchliligi to‘g‘risidagi taxmi}
Konseptual asoslarga muvofiq moliyaviy hisobotning qaysi elementlari korxonaning moliyaviy holatini baholashga bevosita aloqador hisoblanadi?
{xususiy kapital, majburiyatlar, aktivlar
xususiy kapital, majburiyatlar
majburiyatlar, aktivlar
joriy majburiyatlar va joriy aktivlar}
Qaysi standart moliyaviy hisobotlardagi xatolarni tuzatish savollarini ko‘rib chiqadi?
{BHXS (IAS) 8
BHXS (IAS) 10
BHXS (IAS) 20
BHXS (IAS) 38}
Aktiv aniqlangan, ammo qiymatini ishonchli baholab bo‘lmaydi. Moliyaviy hisobotda qanday tan olinadi?
{davr xarajatlari
moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajat
favqulodda zarar
sotish xarajati}
Hisob yuritish maqsadida korxona qanday hisob varaqlar rejasidan foydalanishi mumkin?
{o‘z faoliyati doirasida va hisob siyosatiga mos ravishda ishlab chiqarilgan
boshqa korxonalar foydalanayotgan
istalgan
xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan}
Quyidagi aktivlardaan qaysi biri boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinmaydi?
{biologik aktivlar
nomodiy aktivlar
asosiy vositalar
asosiy vositalar va nomodiy aktivlar}
Do'stlaringiz bilan baham: |