Quyida keltirilganlardan qaysi biri zaxiralarni hisobda tan olinishida ularning tannarxiga kiritilmaydi?
{harid qilish qiymatidagi, lekin keyinchalik qaytariladigan soliqlar
boshqa zarur bevosita xarajatlar
sotib olish xarajatlari
qayta ishlash xarajatlari}
Zaxiralarning sof sotish qiymati – nima degani?
{zaxiralarning odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish bo‘yicha xarajatlar va sotishni amalga ashirish uchun zarur bo‘lgan va taxminiy baholangan xarajatlar chegirib tashlangan bahosidir
sotish xarajatlarini chegirgan holdagi zaxiralarning tannarxidir
zaxiralarning tannarxidir
zaxiralarning odatdagi faoliyat sharoitlarida yig‘ish xarajatlarini o‘z ichiga olgan, sotish bo‘yicha xarajatlar kiritilmagan taxminiy narxidir}
Joriy qiymat asosidagi baholash bazasi turkumiga nimalar kiradi?
{haqqoniy qiymat, foydalanish qimmatliligi, joriy almashtirish qiymati
haqqoniy qiymat, diskontlangan qiymat
foydalanish qimmatliligi, joriy almashtirish qiymati
haqqoniy qiymat, foydalanish qimmatliligi}
Aktivning haqqoniy qiymati – nima u?
{bu baholash sanasidagi bozor ishtirokchilari o‘rtasida oddiy bitim jarayonida aktivni sotishda olinishi yoki majburiyatni o‘tkazishda to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxdir
bu pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalenti bo‘lib, ularga nisbatan hisobot davri tugaganidan so‘ng kamida o‘n ikki oy davomida ayirboshlashga yoki majburiyatlarni so‘ndirish uchun foydalanishga cheklovlar mavjud
bu aktivdan yoki pul mablag‘larini hosil qiladigan birlikdan olinishi kutilgan kelgusi kelgusi pul oqimlari
bu aktivni sotish bahosi}
Moliyaviy tahlilning asosiy usullarini ko‘rsating?
{gorizontal tahlil, vertikal tahlil, trend tahlil, faktor tahlili, moliyaviy koeffitsiyentlar usuli
vertikal tahlil, trend tahlili
faktor tahlili, moliyaviy koeffitsiyentlar taxlili
trend tahlil gorizontal tahlil}
Korxona moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda 320 000 sh.b. miqdoridagi aktivlarni, shu jumladan 100 000 sh.b. qisqa muddatli aktivlarni aks ettirdi. Komaniya majburiyatlari 200000 sh.b. shu jumladan uzoq muddatli majburiyatlar 88000 sh. b. tashkil etdi. Kompaniyaning moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotida xususiy kapital miqdori nechaga teng?
{120000 sh.b.
108000 sh.b.
250000 sh.b.
168000 sh.b.}
Do'stlaringiz bilan baham: |