Государственный комитет связи, информатизации и телекоммуникационных технологий республики узбекистан


Download 122.18 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi122.18 Kb.
#1302361
  1   2
Bog'liq
1-топшириқ намуна


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAL AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


RADIO VA MOBIL ALOQA FAKULTETI


Mobil aloqa
texnologiyalari”
kafedrasi


Indivudual loyihalash”
1-топшириқ


Bajardi: 830-19 guruh talabasi
_____________________


Tekshirdi:  Aliyev Ulug‘bek

Toshkent 2022


Tranzistorli quvvat kuchaytirigichining tuzilish sxemasini tuzish va hisoblash


Kuchaytirish qurilmalar texnikaning keng sohalarida qo‘llaniladi. Televidenie, radioeshittirish, avtomatik boshqarish tizimlari, radiotexnika, radiolokatsiya va boshqa tizimlarda kichik quvvatli signallarni kuchaytirish uchun, shuningdek turli xil radioelektron apparaturalar, personal kompyuterlarning etakchi kismi sifatida kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kichik quvvatli o‘zgaruvchan signalning parametrlarini buzmasdan, o‘zgarmas kuchlanish manbaining quvvati hisobiga kuchaytirib beruvchi qurilmaga elektron kuchaytirgich deyiladi. Quvvatni kuchaytirish samarasi qurilmada energiyasi chiqishda oshirilgan quvvatni hosil qilish uchun ishlatiladigan qandaydir tashqi manba bo‘lganida mumkin bo‘ladi. Energiyasi kuchaytirgichda kuchaytirilgan signallar energiyasiga o‘zgartiriladigan bu manba ta’minot manbai deyiladi.
Ta’minot manbaining energiyasi kuchaytirish yoki aktiv elementlar yordamida foydali signal energiyasiga o‘zgartiriladi. Kuchaytirilgan signallar iste’molchisi hisoblanadigan qurilma kuchaytirgichning yuklamasi deyiladi, yuklama ulangan kuchaytirgichning zanjiri esa chiqish zanjiri yoki kuchaytirgichning chiqishi deyiladi. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan kirish signali manbai signal manbai yoki generator deyiladi, kirish signali kiritiladigan kuchaytirgichning zanjiri esa kirish zanjiri yoki kuchaytirgichning kirishi deyiladi.
Kuchaytirgich qurilmasi kuchaytiruvchi element, rezistor, kondensator, chiqish zanjiridagi o‘zgarmas kuchlanish manbai hamda iste’molchidan iborat.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi element sifatida tranzistorlar va integral mikrosxemalar (IMS) ishlatiladi. Kuchaytirgichlarda kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan elementning (tranzistor) kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi beriladi. Bu kuchlanish ta’sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo‘ladi. Bu kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o‘zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi (1- rasm).





1- rasm. Kuchaytirish jarayoning umumiy tarkibi


Bajarayotgan vazifasiga qarab kuchaytirgichlar dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlarga va chiqish kuchaytirgichlariga bo‘linadi. Dastlabki kaskadda ishlovchi kuchaytirgichlar kuchlanishni oshirish uchun ishlatilsa, chiqish kuchaytirgichlari quvvatni oshirish uchun xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda bipolyar tranzistorlar 7 GGsgacha chastotalar diapazonlarida ishlaydigan radiouzatkichlarni qurishda qo‘llaniladi.
Tranzistorli quvvat kuchaytirgichining uzatkichdagi o‘rni 2-rasmda tasvirlangan.





2-rasm. Tranzistorli quvvat kuchaytirgichining uzatkichdagi o‘rni


Quyidagi dastlabki berilganlar bo‘yicha uzatkich TQKning tuzilish sxemasini tuzish talab qilinsin:
- P1yu=8 Vt yuklamadagi quvvvat;
- fish=900 MGs chastotalar diapazoni (GSM standarti diapazoni);
- RYu=50 Om nosimmetrik yuklama;
- EK=27 V kollektor kuchlanishi;

F. I. Sh

Ishchi chastota
fish, MGs

Uzatkich chiqishidagi quvvat, P1Yu, Vt

Ishlatiladigan
tizim

-

900

8

GSM


Tuzilish sxemasini hisoblash quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Chiqish (oxirgi) kaskadining tuzilmasi aniqlanadi. Bunda birinchidan, yuqori filtrlash darajasi berilgani uchun TQK chiqishida polosali filtr o‘rnatilishi hisobga olinishi kerak. Ikkinchidan, berilgan chastotalar diapazonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tranzistorlardan eng quvvatlisi bo‘lgan KT913B tranzistor (2-ilova) 5 Vt chiqish quvvatiga ega. Demak, berilgan yuklamadagi quvvat faqat quvvatlarni qo‘shish qurilmalarining (QQS) qo‘llanilishi orqali olinishi mumkin. Shunday qilib, uzatkichning chiqish kaskadi quyidagi tugunlardan iborat bo‘ladi:
- ηF foydali ish koeffitsientili chiqish filtri;
- ηQQS foydali ish koeffitsientili QQS;
- ηMZ foydali ish koeffitsientili kollektor MZ.
2. Oxirgi kaskad (OK) tranzistorlari tanlanishi kerak bo‘lgan quvvat aniqlanadi. Dastlab masalan, mos ηF= 0,95; ηQQS=0,9; ηMZ= 0,95 foydali ish koeffitsientlari beriladi.
U holda OK chiqish zanjirlarining natijaviy foydali ish koeffitsienti quyidagiga teng bo‘ladi:



Download 122.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling