G`ovaktanalilar ( spongia, ya’ni porifera) tipi


Download 7.33 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi7.33 Kb.
#1794611
Bog'liq
9-Laboratoriya.Gidroid poliplar

HAQIQIY KO`P HUJAYRALILAR KENJA DUNYOSI BO`SHLIQICHLILAR TIPI

Rеja:

  • Bo’shliqichlilar tipiga umumiy tavsif.
  • Bo’shliqichlilar tashqi va icki tuzilishi.
  • Bo’shliqichlilar ko’payishi.
  • Dengiz bo’shliqichlilari.
  • Bo’shliqichlilarning kelib chiqishi.

Bo’shliqichlilar tanasi ikki qavat bo’lib joylashgan hujayralardan tashkil topgan bo’lib, 9000 turni o’z ichiga oladi.

  • Bo’shliqichlilar tanasi ikki qavat bo’lib joylashgan hujayralardan tashkil topgan bo’lib, 9000 turni o’z ichiga oladi.
  • Tanasi nursimon (radial) simmetriyaga ega. Tanasining katta qismini egallagan markaziy bo’shliq bir vaqtning o’zida ichak va tana bo’shlig’i bo’lib xizmat qiladi. Ichak tana (gastral) bo’shlig’i – og’iz teshikchasi orqali tashqi muhit bilan tutashgan.
  • Gastral bo’shlig’ining devori – tananing asosiy qismi – ektoderma va entoderma epiteliya to’qimasidan tuzilgan. Bularning oralig’ida turlicha rivojlangan mezogliya qavati joylashgan.
  • Og’iz teshigi atrofida yoki tananing boshqa sirtqi qismida joylashgan paypaslagichlar oziqni ushlash va himoya vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari tanada tarqoq (diffuz) holda joylashgan.
  • BO`SHLIQICHLILAR
  • TIPI
  • Gidrozoylar sinfi
  • (Hidrozoa)
  • Sifamеduzalar
  • sinfi
  • (Sciphozoa)
  • Korall yoki
  • marjon
  • poliplar
  • sinfi (Anthozoa)

Gidrozoylar sinfi – Hidrozoa. Asosiy vakili: Chuchuk suv gidrasi.

  • Gidraning tanasi va paypaslovchilari ikki qavat epiteliya to`qimasidan tashqi – ektoderma va ichki - entodermadan tarkib topgan. Bularning oralig`ida hujayrasiz mezogleya qavati joylashib, u tayanch vazifasini o`taydi.
  • Ektoderma zich joylashgan maydaroq hujayralardan tuzilgan. Ektoderma qavatida sanchuvchi – otiluvchi hujayralar bo`lishi xarakterlidir. Sezuvchi maxsus o`simta – knidotsilli bu mydaroq hujayralarning ichki qismida “kapsula” deb atalgan alohida organoid o`zida spiral shaklda “o`ralgan” otiluvchi zaharli tola saqlaydi. Otiluvchi hujayraning sezuv o`simtasi ta`sirlanishi bilan hujayra ichidagi spiral tola otilib chiqadi va yaqinlashgan hayvon (“dushman”) tanasiga sanchilib uni zaharlaydi. Himoya va hujum vazifasini o`taydigan bunday otiluvchi hujayralar ayniqsa paypaslovchilarda va og`izcha atrofida ko`p. Binobarin gidra “hujum” vaqtida birdaniga yuzlab zaharli tola “otib” chiqara oladi va shular vositasida hatto mayda baliq chavaqlarini ham zaharlab ushlashi va o`zlashtirishi mumkin. “Ishlatilgan” hujayralar o`rniga darhol yangilari yetishib turadi.

Otiluvchi hujayra turlari:

Gidraning ko’payishi

  • jinssiz, ya’ni bo’linish, kurtaklanish va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Kurtaklanib ko’payishda - gidra tanasidagi bo’rtma shaklida, ekto va entoderma ishtirokida yetishadi va uning ichki gastral qismi ona gidraning ichak – tana bo’shlig’i bilan tutashgan bo’ladi. Kurtak ona tanasi hisobiga oziqlanib, tez o’sadi va keyinchalik unda paypaslovchilar va og’iz teshikchasi hosil bo’ladi. Yetilgan kurtak ona tanasidan ajralib, mustaqil hayot kechirishga ko’chadi. Yashash sharoiti qulay bo’lib, oziq yetarli bo’lgan hollarda har bir ona gidra tanasida 2-3 tadan kurtak yetishadi. Gidralar bahordan kuzgacha, asosan kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi.

Jinsiy ko’payish

  • gidra ikki jinsli germafrodit (xunasa) bo’lib, har bir gidrada tuxum hujayrasi va spermatozoidlar yetishadi. Ba’zi turlari ayrim jinsli. Ko’pincha tuxum hujayralari tananing ektodermasida yetishib, ancha yirik va maxsus qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Spermatozoidlar esa og’izga yaqin qismida yetishadi. Xunasa turlar ham almashinib (boshqa gidraning spermasi bilan) otalanadi. Chunki, ularda sperma va tuxum har xil vaqtda yetishadi. Ko’pchilik turlarda jinsiy hujayralarning yetilishi va otalanishi kuz fasliga to’g’ri keladi. Lekin otalangan tuxum kelasi yil bahorida rivojlanib voyaga yetadi.

Aktiniyalar

  • – yakka va o`troq yashovchi poliplar hisoblanadi. Tana tuzilishi va shakli gidraga o`xshash bo`ladi. Lekin gidradan ancha yirik (tana diametri 0,5 m gacha) va qisman rangli bo`lishi bilan farq qiladi. Aktiniyalarning paypaslagichlari og`iz teshigi atrofida bir nechta qator bo`lib joylashgan.
  • Hamma aktiniyalar suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi, ba`zan tovonida asta-sekin harakat qiladi. Gidra singari ular ham o`ljasini otiluvchi iplari bilan jarohatlaydi va paypaslagichalari yordamida og`ziga keltiradi. Aktiniyalarning ko’pchiligi turli hayvonlar, jumladan birmuncha yirik qisqichbaqasimonlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi.

Koloniya hosil qiluvchi poliplar

  • Dengizlarda koloniya hosil qiluvchi poliplar keng tarqalgan. Har qaysi koloniya gidraga o`xshash tuzilgan juda ko`p sonli poliplardan iborat.
  • Koloniyadagi hamma poliplarning ichki bo`shliqlari o`zaro tutashgan bo`ladi. Shuning uchun har bir polipning tutgan ozig`i hamma koloniya a`zolari o`rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluvchi poliplar ko`pchiligining devorida ohak skelet hosil bo`ladi.
  • Qattiq skeletli koloniya bo`lib yashovchi bo`shliqichlilar korall poliplar deb ataladi.

Download 7.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling