G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar
Download 61.42 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqboljon MIRZAALIYEV, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi.
Ishoqjon BeGMATOV,
Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, «To‘xtaboy» jome masjidi imom-xatibi, «Oltin Qalam» XI Milliy mukofoti sohibi O‘ZBEKISTON YOSHLARI BUZGUNCHI GOYALARGA QARSHI! (ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH BORASIDA)09/07/2020 Gulchexra MirzaevaKorrupsiyaga qarshi kurash Davolash fakulteti 2 kurs talabasi Еlsoriyeva Farzona O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat hisoblanib,ma lum bir rivojlanish bosqichlarini boshidan otkazgan.Mana shu vaqt davomida bu yurtga yaxshi goyalar bilan birga salbiy goyalar ham kirib keldi.Bunday salbiy va buzgunchi goyalarga diniy ekstrimizm,terrorizm kabilar kiradi. Har qanday ekstremistik va terroristik faoliyatning mohiyati o‘zgalar ustidan hukmronlikka yoxud mavjud siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiyiqtisodiy tartibotga qarshi zo‘ravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali o‘zgalarning g‘arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga solayotgan zamonaviy tahdidi, terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma’naviy va huquqiy madaniyatini oshirishni talab qilmoqda. Terrorizm tom ma’noda jaholatdir. Buzg‘unchi g‘oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday ko‘rinishi kishilik jamiyatining o‘tmishida ham, bugunida ham butun xalqlar boshiga og‘ir kulfatlar yog‘dirmoqda. Har yili uning tajovuzidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bo‘lmoqda, jamiyat rivojlanishi ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy tahdid solmoqda va tarqalishi ham ekstremizm va terrorizmning jahon miqyosida keng ko‘lamda avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Butun dunyo xalqlari diqqat markazida – Iroq va Shom islom davlati (ISHID) terrorchi tashkiloti vahshiyona harakatlarini hamon davom ettirmoqda. Birgina 2013 yilda ISHID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlashlarni amalga oshirgan. XX asr boshida Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Padarkush” asarida bu illatning kelib chiqishini aytib bergan edi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon, bevatan va bandi qilgan tarbiyasizlik va jaholatdur…” Jaholat 1999 yil 16 fevral kuni tariximiz sahifasida o‘zining qonli izlarini qoldirdi. Buyuk shoir bobomiz Alisher Navoiy “Johillikdan besaodatliroq nima bor?” – degan ekanlar. Suriyadagi urush qurboni bo‘lgan bola o‘limidan so‘ngi so‘zlari butun olamni larzaga soldi desam xato bo‘lmaydi. Shifokorlar yaralangan bolaning hayotini saqlashga qancha urunishmasin, barcha harakatlar behuda ketdi. Endigina uch yoshga kirgan norasida o‘zining o‘lishini sezib, jon taslim qilar chog‘ida ko‘z yoshlari yuzini yuvib, shunday dedi: “Hammangizning ustingizdan Ollohga arz qilaman. Hammasini unga aytib beraman.” Albatta bu so‘zlarni eshitgan odamning nafaqat vujudi larzaga, balki ko‘zi yoshga to‘ladi. Mingdan-ming bor shukur, shunday jannatmakon, tinch, osuda, go‘zal yurtda yashayman. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamlarning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.” Odam qachon tom ma’noda mustaqil bo‘la oladi? Qachonki, qalbi va ongi, butun vujudi uning o‘ziga tegishli bo‘lsa, u faqat o‘z xohishirodasiga tayanib harakat qila olsa. Ma’naviy tahdidlar bizni ana shunday buyuk imkoniyatlardan, ya’ni bu dunyoda ixtiyori o‘zida bo‘lgan ozod va hur inson bo‘lib yashash baxtidan judo qilmoqchi bo‘ladiXulosa shuki, yurtimizda osoyishtalik hukm surayotgan davrda dunyoning turli hududlarida keskin qarama-qarshiliklar, to‘s-to‘palonlar sodir bo‘lmoqda. Bu esa barchamizni doimo hushyor va sergak bo‘lishimizga da’vat etadi. Demak, yoshlarimizda yovuz xurujlarga qarshi kuch-immunitet shakillansa, ularda hech qanday tahdid o‘zining zararli ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Shunday ekan ogoh bo‘laylik! Zulmat ichra hech bir giyoh unmaydi, Botqoqlarda hech bir chaman bo‘lmaydi. Ma’rifatning yo‘lida bo‘l ey do‘stim. Jaholatli buyuk inson bo‘lmaydi Hayot inson uchun berilgan eng buyuk ne’matdir. Bu ne’matning qadriga yetish, har bir daqiqasini mazmunli o‘tkazish, odamlarga mehrmuruvvat ko‘rsatish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish esa barcha insonlarning vazifasidir. Bu vazifani ado etishdagi eng muhim vosita, ta’bir joiz bo‘lsa, ezgulik sari boshlovchi mayoq, nurli kelajak sari boshlovchi mashalma’rifat. Bugun biz tez suratlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashayapmiz. Hozirgi paytda yer yuzida qanday voqealar yuz bermasin, odamzod bu haqda zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotgan bir paytda mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik hukm surmoqda. Bu esa xalqimiz ma’naviyati va madaniyatini boyitishga berayotgan yuksak e’tiborning samarasi desak xato bo‘lmaydi. Yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki murakkab va tahlikali zamonda milliy qadriyatlarimizga yot g‘oyalar, yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday vaziyatlarda ma’rifatning inson hayotida turli g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qiluvchi eng muhim vosita ekanligi yanada o‘z isbotini topib bormoqda. Buyuk shoir mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek: “Har ishniki qilmish odamizod, tafakkurla bilmish odamizod”. Ya’ni inson tafakkur, ma’rifat orqali o‘z hatti-harakatlarini amalga oshiradi. Ma’rifatga, tafakkurga asoslanmagan har qanday harakat befoyda harakat demakdir. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasidagi ilmsizlik va ma’rifatsizlikning ayanchli oqibatlari fikrimizning yorqin namunasi bo‘la oladi. Unda farzand o‘zining manan qashshoqligi tufayli jaholat botqog‘iga botishi, ya’ni boylik ilinjida o‘z padari buzrukvorining joniga qasd qilishi padarkushga aylanishi hayotiy misollar orqali ko‘rsatilgan. Bugun biz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bundan 25 yil avval tasavvur qilish qiyin bo‘lgan yutuqlarga erishdik. Xalqimiz bularning hammasini tinchlik, osoyishtalik tufayli qo‘lga kiritdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim, sport, fan, san’at, tibbiyot, tadbirkorlik sohalarida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi uch bosqichli sport musobaqalarining tashkil etilishi, istedodli qizlar va yoshlarni aniqlash uchun “Zulfiya”, “Nihol” davlat mukofotlarining tasis etilishi buning amaldagi yaqqol ifodasidir. Chindan ham O‘zbekiston yoshlari dunyodagi eng baxtli yoshlar sirasiga kiradi. Chunki yurtimizda ularning o‘z qobiliyat va iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.Agar biz ongli ravishda har qanday xurujlarga qarshi o‘zimizda “G‘oyaviy immunitet” hosil qilsak hech qanday kuch bizni yenga olmaydi. “Ko‘zi ojizga o‘qish imkonini bering u insoniyat tafakkurining eng buyuk, eng g‘aroyib yutuqlarini his etishga qodir” degan edi nemis yozuvchisi A.Krogius. Hatto so‘qir ko‘zi bilan ilmga, ziyoga intilayotgan insonlar bor dunyoda, ko‘zi ochiq – qalbi ko‘r bo‘lgan manfur kimsalarning bo‘lishi achinarli, hamma ularga qarshi insoniyatda eng qudratli qurol-ma’rifat mavjudki u orqali inson o‘zining hayvonotdan ustunligini isbotlagan. Aynan ilm, ma’rifat insonni komillikka yetaklaydi. Komil inson esa faqatgina ezgu fikr, ezgu o‘y va ezgu amal bilan yashaydi. Ma’rifatning nuri bilan inson o‘zining qorong‘u yo‘lini ham yoritishga qodir. Diniy va dunyoviy bilim bilan yoritilgan ta’limtarbiyamiz biz yoshlarni har qanday johillikka qarshi kurasha oladigan immunitet bilan -g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoqqa chog‘langan. Do‘stim ergashmaylik johilga, Bo‘lmaylik buzg‘unchi g‘oyalar quli. Qo‘limiz uzatsak doim oqilga, Bizlarni chorlaydi saodat yo‘li. Ogohlik ham hayot maktabidir, zero ogohlik davrimizning eng katta muhim talabidir. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib davlatimiz tomonidan qaratilayotgan yuksak etiborga javoban Vatanimiz, yurtimiz istiqboli yo‘lida tinmay mehnat qilib, jonajon O‘zbekistonimizning jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak. hafqatsiz ekstremizm va terrorizmning tarqalishi butun dunyoda xavfsizlikka raxna solmoqda. U jamiyat asoslarini vayron etadi, inson huquqlarining bosh tamoyillarini oyog‘osti qiladi. Ushbu hodisalarga qarshi turish O‘zbekistonning davlat xavfsizligi hamda tashqi siyosat strategiyasining eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, xalq farovonligi uchun tinchlik va barqarorlikning ulkan ahamiyatini anglab yetgan mamlakatimiz ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha munosib va samarali qarorlar ishlab chiqishga qaratilgan konstruktiv tashabbuslarni izchillik bilan ilgari surmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev forum qatnashchilari hamda dunyo jamoatchiligini xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish, bu sohadagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini ta’kidlagan edi. Zotan, mintaqa davlatlari terrorizm hamda diniy ekstremizm tahdidlariga birdek duch kelmoqda. Davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va ekstremizm asosida, boshqa omillar bilan bir qatorda, johillik hamda toqatsizlik ham yotganini BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining yuksak minbaridan turib alohida aytib o‘tdi. Shu bois insonlar ongi uchun kurash asosiy vazifadir. Birinchi navbatda, yoshlar tafakkurini egallab olish talab qilinadi. Chunki ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq”, degan edi Shavkat Mirziyoyev. BMTga a’zo mamlakatlar vakillari O‘zbekistonning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish, Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi. Aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qiluvchi Markaziy Osiyo — eng yosh mintaqalardan biri. So‘nggi bir yarim yil ichida mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanib ulgurgan bugungi kunga kelib, bu qadar hayotiy ahamiyatga molik masalalarni faqatgina birgalikdagi intilishlar, hamkorlikni kengaytirish hamda kuchaytirish orqali hal etish mumkinligini mintaqadagi barcha anglab yetdi. Yoshlarda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi, kuchli mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida yagona strategiyani ilgari surish ertamiz egalarining terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga samarali qarshi turishiga xizmat qiladi. Bu yerda yoshlarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi. Yoshlar migratsiyasiga turtki bo‘layotgan ishsizlik, sifatli ta’lim olish imkoniyatining cheklanganligi hamda o‘z navbatida, madaniyat va bilim darajasining pastligi ekstremistlarga qo‘l kelayotgan salbiy omillar bo‘lib, aynan shu holatlar yoshlarni himoyasiz ahvolga solib qo‘ymoqda. Aniqki, yosh yigit-qizlar internet manbalaridan eng ko‘p ma’lumot oluvchi qatlamdir hamda bundan terrorchilik tuzilmalari imkon qadar foydalanmoqda. Faol internet auditoriyasining tafakkuri va kayfiyatini o‘z g‘oyalariga bo‘ysundiryapti, yoshlarning qalbiga qo‘rquv, nafrat hamda zo‘ravonlik urug‘ini sochmoqda. Globallashuv sharoitida internet terrorchilar uchun yangi a’zolarni aniqlash, miyasini zaharlash va o‘z tashkilotiga tayyorlashda, mablag‘ yig‘ish hamda ularni o‘tkazishda, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish va o‘z maqsadlarini ommalashtirishda bosh qurolga aylandi. Zo‘ravonlikka tayangan ekstremizm hamda terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yosh avlodni buzg‘unchi g‘oyalar, ekstremizm hamda terrorizm ta’sirlaridan himoyalash bo‘yicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo qilyapti. Bugungi kunda “Markaziy Osiyo beshtaligi” davlat hokimiyati organlari bilan yoshlar siyosatini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga asoslangan profilaktik tadbirlarning yagona majmuasini yaratishi lozim. Yoshlar orasida ekstremistik qarashlar tarqalishiga qarshi kurash tizimida yoshlar tashkilotlari salohiyatidan faol foydalanish masalasi muhimdir. 11-12 iyunda poytaxtimizda zo‘ravonlikka tayangan ekstremizm va terrorchilikka olib boruvchi mutaassiblikka qarshi kurashda yoshlarning o‘rnini muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda YEXHT Bosh kotibi, BMT Bosh kotibining yoshlar ishlari bo‘yicha vakili, BMT aksilterror boshqarmasi boshlig‘i, YEXHTning maxsus vakili, shuningdek, Yevropa hamda Osiyoning qator mamlakatlaridan, xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashishi kutilmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham tadbir tashkilotchilaridan biri bo‘lib, anjuman ishi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar dunyo jamoatchiligiga yetib borishini ham ta’minlaydi. Ma’lumotlar, fikrlar hamda tajribalar almashish, muammoli masalalarni ekspertlar darajasida muhokama etish zo‘ravonlikka asoslangan, buzg‘unchi ekstremistik g‘oyalarning yoshlarga ta’sirini bartaraf qilish bo‘yicha umumiy pozitsiyani ishlab chiqishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Iqboljon MIRZAALIYEV, Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling