G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar


Monizm butun mavjudotning asosini bitta mohiyat tashkil etadi, degan g’oyaga asoslansa, dualizm


Download 61.42 Kb.
bet2/14
Sana01.03.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1243038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Monizm butun mavjudotning asosini bitta mohiyat tashkil etadi, degan g’oyaga asoslansa, dualizm esa olam ham moddiy, ham ruhiy-ilohiy boshlang’ichga ega deb ta’lim beradi (bu asoslarning har ikkalasi ham teng huquqlidir). Qadimgi davr yunon faylasuflari Geraklit 530-470y. Efes shahrida tug’ilgan. U aytadiki dengiz suvi ba’zi bir tirik mavjudot uchun toza (Milet maktabi vakillari, Geraklit, Demokrit va b.) olamning boshlang’ich asosi sifatida suv, havo, apeyron, olov, atom kabilarni e’tirof etganlar. Plyuralizm, ya’ni olamning asosida ko’p narsalar yotishi haqidagi g’oyalar shu tariqa paydo bo’ldi.
Dunyodagi barcha mavjudot shu narsalardan paydo bo’lgan va oxir-oqibat yana shularga aylanadi, degan qarashlar g’oyaviy tizimlarning yanada shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi.
Ayniqsa ming yillikning o’rtalarida materializm va idealizm kabi o’zaro qarama-qarshi g’oyaviy tizimlarning vujudga kelishi falsafiy fikr taraqqiyotiga turtki bo’ldi.

Materializm - moddiyunchilik, ya’ni moddiylikni ustun qo’yuvchi, ma’naviylik, ruhiylik moddiylikning mahsuli deb e’tirof etuvchi oqim.

Idealizm esa dunyo va insonning paydo bo’lishi, mavjudligi va rivojlanish xususiyatlari, borliq va yo’qlik masalalarida ruhiy va ilohiy tamoyillarni ustivor deb bilish, moddiylik ma’naviylikning mahsuli deb qarashdir.
Materializm va idealizm o’rtasidagi g’oyaviy kurash, ular o’rtasida ikkilanuvchilik, murosasizlik mavqeini egallagan dualizm g’oyalari qariyb ikki yarim ming yildan buyon davom etib kelayotir.
Xudoning mavjudligini e’tirof etuvchi, ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtiruvchi teizm hamda ayni shu haqiqatlarni mutlaqo inkor qiluvchi ateizm o’rtasidagi g’oyaviy tortishuvlar ham asrlar mobaynida davom etmoqda.
Umuman olganda, insoniyat tarixi g’oya va mafkuralar tarixidir. Aniqroq aytganda, g’oyalar va mafkuralar kurashi tarixidir. «Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch - bunyodkorlik va buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan»1.
Tarixda g’oya va mafkuralar mazmun-mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlikka, bunyodkorlik va vayronkorlikka xizmat qilib keldi.

Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli.

Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asrash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.


Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling