G`O`zada uchraydigan o`rgimchak kanalarning rivojlanish bosqichlari


Download 29.78 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi29.78 Kb.
#1240450
  1   2

G`O`ZADA UCHRAYDIGAN O`RGIMCHAK KANALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ruziyev Rahmatjon Davlat o`g`li
Toshkent davlat agrar unversiteti
E-mail: rahmatjonruziyev21@gmail.com
Annotasiya. Maqolada g`o`za haqida ma`lumotlar batafsil berilgan, shuningdek agrotexnik, kimyoviy, biologik kurashish choralari haqida umumiy ma`lumotlar keltirilgan, hamda g`o`za zararkunandalariga qarshi kurashish choralari, ko`payib ketishini oldini olish, ularning oziqlanishi haqida ham ma`lumotlar keltirib o`tilgan
Kalit so`zlar:
Kirish.
G‘o‘za o‘simligi gulxayridoshlar oilasining Gossypium L. avlodiga mansub. G‘o‘za issiqsevar o‘simlik. Turli tuproqlarda, bo‘z tuproq, soz tuproq, qumoq, qumli, toshloq, yer osti suvi yaqin joylashgan o‘tloqi-botqoq tuproqlarda ham o‘saveradi.
Paxtachilik – ko‘pgina mamlakatlar qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Dunyoning 84 mamlakatida g‘o‘za o‘stiriladi. Paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Xitoyda – 6,929 mln tonnani tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda: Hindistonda – 6,634 mln tonna, AQSHda – 2,811 mln tonna, Pokistonda – 2,076 mln tonna, Braziliyada – 1,705 mln tonnani tashkil etadi. So‘nggi yillarda yurtimizda oziq–ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq joylarda bandlikni hal etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarni ko‘paytirish maqsadida paxta ekin maydonlari biroz kamaytirildi, yaʼni ekin maydonlarining bir qismi g‘alla, meva va sabzavot ekinlari uchun ajratildi. Biroq, bu bilan g‘o‘za ekini uchun bo‘lgan eʼtibor kamaymadi, aksincha fan va yangi texnologiyalar qo‘llash, almashlab ekish tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini va paxta hosildorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini kamaytirmaslik vazifasi qo‘yilgan.
Yurtimizning turli viloyatlarida g‘o‘zaning 36 (34 ta o‘rta tolali va 2 ta ingichka tolali) navi o‘stiriladi.
G`o`zaning vatani Hindiston hisoblanadi. Hind vodiysida mil. dan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tay-yorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada G`o`zani millotdan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10-asrdan Ispaniyaga va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan.
Jahonda g`o`za 80 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlar: Xitoy (3,7 mln.ga, 30,6 s/ga, 11,4 mln. t), AQSH (5,4 mln. ga, 17,5 i/G`o`zaa, 9,5 mln.t), Hindiston (9,0 mln.ga, 6,9 s/ga, 6,2 mln.t), Pokiston (2,9 mln.ga, 15,3 s/ga, 4,4 mln.t). Shuningdek, Braziliya, Turkiya, Misrda ham katta maydonlarni egallaydi. 20-asr oxiriga kelib asosiy paxta yetishti-ruvchi mamlakatlardan Xitoyda 3,8, AQShda 3,6, Hindistonda 2,0, pokistonda 1,5, Turkiyada 0,8 mln.t; jahon boʻyicha 18,2 mln. t paxta tolasi yetishtirildi. Oʻzbekiston paxta tolasi yetishtirish boʻyicha jahonda 4-oʻrinda turadi (G`o`za ekin maydoni 1440,8 ming ga, hosildorligi 24,5 s/ga, yalpi hosili 3537,1 ming t; 2004).
Botanik tavsifi. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan, oʻqildizli, keng tarmoqlanadi, yer ba G`o`zariga 2,4-2,6 m kirib boradi, ildizining asosiy qismi tuproqning haydaladigan qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi, shoxlaydi, boʻyi 70—150 sm. Pastki barglarining qoʻltiG`o`zaidan toʻG`o`zari, uzun oʻsuv (monopodial) shoxlar rivojlanadi, ular bosh poyadan oʻtkir burchak ostida chiqadi. Tuzilishi jihatidan bosh poyaga oʻxshaydi, biror sabab bilan bosh poya shikastlanib, nobud boʻlsa, uning oʻrnini bosa oladi. Barglari birin-ketin joylashgan, yupqa yoki qalin, koʻpincha yashil, 3—7 boʻlmali, yonbarglarga ega. Birinchi chin barg nihol unib chiqqanidan 7—10 kun, ikkinchisi 4—5 kun keyin paydo boʻladi. Koʻsakyaar ochilishi bilan yangi barglar chiqishi sekinlashadi, qarigan barglarning toʻkilishi tezlashadi. Bosh poyada vegetatsiya oxi-rigacha 20—25 va undan koʻproq barg hosil boʻladi. [[Guli ikki jinsli, yirik; gulband, gulyonbarglar, kosacha, gultoj, changchi ustunchasi va uruG`o`zachidan iborat (qarang [[Gul). G`O`ZA. — gulshirali oʻsimlik; shira bezlari gul ichida va gul tashqarisida boʻladi. Tuguncha oʻrta tolali /uzalarda 4—5, ingichka tolali G`o`zaoʻzolarda 3—4 uyali. Har bir uyada 5—9 va undan koʻproq uruG`o`zakurtaklari bor. Mevasi 3—5 chanoqli koʻsak, chanoq, meva bandi, gulyonbarglar, kosa-cha, meva qati, markaziy uruG`o`zadon, chigit va tolalardan iborat. G`O`ZA.ning ayrim turlari (jaydari G`o`zaoʻza)da koʻsak un-chalik ochilmaydi, ayrim turlarida esa chanoqlari shu qadar keng ochiladiki, hatto paxtasi yerga toʻkilib ketadi. Chigiti tuxum yoki noksimon shaklda, uz. 0,6—1,5 sm gacha boradi, eng yoʻG`o`zaon qismining diametri 0,5— 0,8 sm. Uzun, asosan, oq tolalar va koʻpincha kalta tuklar bilan qoplangan
G‘o‘za zararkunandalari ichida eng xavflilaridan biri bu o‘rgimchakkanadir. Zararkunanda ba’zan paxta dalalarida yetishtirilayotgan xosilni teng yarmini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. O‘rgimchakkananing zarari natijasida xar yili paxta xosili sezilarli darajada kamayadi.
O‘rgimchakkana - hammaxo‘r zarakunanda bo‘lib , u 248 turdagi o‘simliklar bilan oziqlanadi ayniqsa g‘o‘za, soya, yeryong‘oq, mosh, kunjut, poliz ekinlari, ayrim vaqtlarda makkajo‘xori, shuningdek tut, tok, mevali va manzarali daraxtlarni zararlaydi.
O‘rgimchakkana juda mayda zararkunanda bo‘lib, uni oddiy ko‘z bilan ko‘rish qiyin. Lupa orqali ko‘rilganda tanasi ovalsimon bo‘lib, 0,4-0,65 mm kattalikda. Yoz oylarida o‘rgimchakkana sarg‘ish-yashil, erta baxorda va kech kuzda qizg‘ish rangda bo‘ladi. O‘rgimchakkananing otalangan urg‘ochilari sentabr oyi oxirlarida qishlashga keta boshlaydi. Bu vaqtida o‘rgimchakkana qizg‘ish rangga kirib oziqlanishdan to‘xtaydi. O‘rgimchakkana asosan kuzda qaerda ko‘p rivojlanib tarqalgan bo‘lsa, o‘sha yerda qishlab qoladi, jumladan g‘o‘zapoya va uning qoldiqlarida, xaydovda xosil bo‘lgan katta-katta kesaklar ostida, dala qirg‘oqlaridan tut daraxtlari po‘stlog‘i va kallaklarida, daraxtlar tagida, yo‘l qirg‘oqlari va ariq-zovurlar bo‘ylaridagi keng bargli o‘tlar qoldiqlarida qishlab chiqadi. Qishlashga kirgan o‘rimchakkanaga sovuqqa o‘ta chidamli bo‘lib, sernam joylarda sovuq -200S bo‘lganda atiga bir ikki donasi nobud bo‘ladi. Bu zararkunanda qishlovdan juda barvaqt mart oyida o‘rtacha sutkalik xavo xarorati 12-130S dan yuqori bo‘lganda chiqadi.
O‘rgimchakkana odatda shamol yordamida o‘zi xosil qilgan iplari vositasida oqin suvlar, odamlar ish kiyimlari va ish qurollari orqali tarqaladi. Shuning uchun g‘o‘za va boshqa ekinlarni dastavval dalaning chekka qismlari zararlanadi. Dala va yo‘l qirg‘oqlaridagi g‘o‘za nihollari barglariga chang g‘ubor tushib, o‘rgimchakkana iplariga yopishib, uni yirtqich kushandalardan ximoya qilib, ko‘payib rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Xavo xaroratining issiq bo‘lishi xam o‘rgimchakkananing rivojlanib tarqalishiga qulay sharoitni vujudga keltiradi.
G‘o‘za ekilgan maydonlarda o‘rgimchakkana avval uvvatdagi 1-2 tup g‘o‘zani barglarini zararlashdan boshlaydi. G‘o‘za nihollarini bu zararkunanda bilan ko‘plab zararlanishi va tarqalishi yozning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda nihollar o‘sib rivojlanib barglari bir-biriga kirishib qolishi o‘rgimchakkanani harakatlanib yurishiga “ko‘prikcha” xosil qilib o‘simlikdan-o‘simlikka o‘tishga imkoniyat yaratanyu
O‘rgimchakkananing katta va kichik yoshdagisi xam bargning orqa tomonidagi barg og‘izchalaridan o‘simlik shirasini so‘rib zarar keltiradi. Barg orqasiga joylashib olgan o‘rgimchakkana avval iplaridan to‘rlar xosil qilib, o‘zini himoya qilib rivojlanishiga sharoit yaratadi, so‘ng shu yerni uzida tuxum quya boshlaydi. Zararkunanda o‘z xayoti davomida o‘rtacha 140 dona, ayrim vaqtda esa 600 donagacha tuxum qo‘yadi.
Erta bahorda tuxumdan chiqgan lichinkalar rivojlanib 7-10 kunda, yoz oylarida esa 2-5 kunda yetuk o‘rgimchakkanaga aylanadi. Havo xaroratidan kelib chiqib o‘rgimchakkana 7-19 kunda bir marta avlod beradi. Bu zararkunanda o‘rtacha 16-18 marta avlod beradi.
Odatda o‘rgimchakkana yaxshi oziqlanmagan, tagiga ishlov berilmagan, suvsizlikdan holsizlanib o‘sish va rivojlanishdan orqada qolgan, uvvat va qirgoqlardagi g‘o‘za nixolllarini birinchi navbatda zararlaydi.
O‘rgimchakkananing tez rivojlanib tarqalishi, oz mikdorda ko‘ringani xam qisqa muddatda ko‘payib, zarar keltirish darajasiga yetishi mumkin.
O‘rgimchakkana bilan zararlangan g‘o‘za nihollari sog‘lom g‘o‘zaga nisbatan o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Zararlangan barglar sarg‘ayib qurib to‘kila boshlaydi.
G‘o‘za nixollarini barglarda qizg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘lar xosil bo‘lganligidan o‘rgimchakkana bilan zararlanganligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Urgimchakkana g‘o‘za nixollarining hayot faoliyatini o‘zgartiradi, ya’ni bargdagi fotosintez faoliyatini va modda almashinuvini buzib, o‘simlikning qurib qolishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlash usuli - o‘rgimchakkana ko‘payib ko‘plab maydonlarga tarqalishini oldini olish maqsadida mavsumda xar 5 kunda kamida bir marta g‘o‘za va boshqa ekinlarni o‘sish davrida diqqat bilan sinchiklab tekshirib chiqish lozim.
Buning uchun o‘rgimchakkana va uning tabiiy kushandalari xisobga olinadi. Dastlab tekshirish mart oyining 1-o‘n kunligida unib chiqqan keng bargli begona o‘tlar(otquloq, sho‘ra, pechak)da paydo bo‘lgan o‘rgimchakkana aniqlashdan boshlanadi.
Buning uchun dala qirg‘oqlarida xar 20-25 metr oralikdan 1 tadan 20 ta namuna olinadi. Bu namuna olingan maydonning kattaligi 0,25 x 0,25 metr bo‘ladi. Xar bir namunadagi hamma begona o‘tlarning xar bir turi sinchiklab tekshirib ko‘riladi. Zararlangan va zararlanmagan tuplar aniqlanadi. Xar bir namunadan o‘rgimchakkana bilan zararlangan keng bargli o‘tlarda ikkitasini ajratiladi, ularning barglariga joylashgan o‘rgimchakkana soni xisoblanadi.
Ekin maydonlarida o‘rgimchakkanani aniqlash maqsadida xar 20 gektargacha bulgan maydondan 20 ta namuna olinadi. Xar bir namunada 5 tadan o‘simlik sinchiklab ko‘rib chiqiladi. O‘rgimchakkana bilan zararlangan o‘simlik miqdorini, sog‘lom zararlanmaganlarga nisbatan necha foiz tashkil etishini xisoblab chiqiladi.
O‘rgimchakkana sonini aniqlash uchun namunada olingan 5 ta o‘simlikdan zararlanganini ajratib olib, ularning xar biridan 3 tadan barg, ya’ni pastki, o‘rta va tepa qismidan olingan barglardagi zararkunanda soni lupa yordamida sanaladi. To‘plangan ma’lumotlar maxsus daftarga yozib boriladi. Xar 100 tup ko‘rilgan o‘simlikda o‘rgimchakkana 10 dona, foydali xashorot 1 dona bo‘lsa, bunday xolatda o‘simliklarni kimyoviy ishlovsiz ximoya qila olish mumkin.
Kurash choralari - o‘rgimchakkanani ommaviy rivojlanib, tarqalishini oldini olish choralari quyidagilardan iborat :
1. Dala maydonlaridan g‘o‘zapoyalarni ildizi bilan olib chiqib ketish.
2. Ikki yarusli plug bilan chuqur xaydov o‘tkazish.
3. Dala qirg‘oqlaridagi tut va boshka daraxtlarni egilgan shox-shabbalarini kesib, daraxt taglarini ochish.
4. Baxorda xaydaladigan yerlarga chilla suvi berish.
5. Dala qirg‘oqlaridagi, yul va arik zovur buylaridagi begona o‘t qoldiqlarini fevral mart oylarida qul kuchi va ketmon bilan yo‘q qilish choralarini ko‘rish.
6. Profilaktik ishlovlar va qarshi kurashish maqsadida gektariga 500 tadan 3-4 marta oltinko‘z qo‘yishni tashkil qilish.
7. G‘o‘za qator oralariga birinchi kompleks ishlov berilgandan so‘ng zararkunanda o‘chog‘i bo‘lgan maydonlarga xar gektariga 40-50 kg dan oltingugurtni suv bilan changitishni tashkil qilish lozim.
8. Iyun-iyul oylarida ayrim maydonlarda o‘rgimchakkana karta o‘rtalarigacha kirib borishi kuzatilsa xar gektariga Akaragold (0,3-0,5 kg), Entomayt (1,2-1,5 litr), Entomektin (0,45 litr), Spiromektin (0,25 l) va boshka preparatlar bilan kimyoviy ishlovlar o‘tkazish tavsiya etiladi.


Download 29.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling