G'o'zaning bitta ko'sagida 30 ta chigit yetilgan bo’lsa, urug’lantirish jarayonida qatnashgan barcha spermiylar sonini aniqlang


Download 17.62 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi17.62 Kb.
#1034214
Bog'liq
Gametogenez test


  1. G'o'zaning bitta ko'sagida 30 ta chigit yetilgan bo’lsa, urug’lantirish jarayonida qatnashgan barcha spermiylar sonini aniqlang.

  2. Malum bir meva ichida 5 ta urug' hosil boldi. Shu urug' hosil bo’lishida qatnashgan tuguncha (a), urug’kurtak (b), sperma (c) va tuxum hujayralar (d) sonini aniqlang.

  3. Xrizantema changdonining bitta hujayrasidan hosil bo’lgan mikrosporalarida jami 36 ta xromosoma bor. Qo'sh urug’lanish jarayonida ho­sil bo’lgan muratak hujayrasining xromosomalar soni (a) va xrizantema o'simligining genomini (b) aniqlang (har bir xromosomasida taxminan 2000 ta gen bor).

n-36
2n-72
a-72
b 36*2000=72.000



  1. Sholi o'simligi spermiylaridagi xromoso­malar soni makkajo'xori(n-10) xromosomalarining n to'plamidan 2 taga ortiq. Agar bir tup sholi o'simligida 158 ta don hosil bo’lsa, markaziy hujayrani urug’lantirishda ishtirok etgan spermiylarda jami xromosomalar soni qancha bo’ladi?

n-12
2n-24
158*12=1896

  1. Gulli o’simlikning changdonidan hosil bo’lgan 120 ta mikrosporaning 30 % idan hosil bo’lgan spermiylar ishtirokida urug’langan bo’ladi?

  2. O’simlikning changdonidan hosil bo’lgan 130 ta mikrosporaning 40 % idan hosil bo’lgan spermiydan urug’langan tuxum hujayradan nechta murtak hosil bo’ladi.?

130------100%
X---------40% X=52

  1. O’simlikning urug’larida 60 har xil makrosporaning ko’piyishi natijasida hosil bo’lgan barcha tuxum hujayralarni urug’lantirish jarayonida nechta chang donasi qatnashadi.?

1makrospora---------1ta chang huj
60-----------------------X=60 ta chang huj

  1. O’simlik gullarida 60 arxeasporangeyni ko’pyishi natijasida hosil bo’lgan barcha tuxum hujayralarni urug’lantirish jarayonida nechta murtak yetiladi?

  2. Kungaboqar savatchasida 610 ta urug’ yetilgan bo’lsa, urug’lantirish jarayonida ishtirok etgan spermiylar soni nechta mikrosporadan hosil bo’lgan?


  1. Kungaboqar savatchasida 740 ta urug’ yetilgan bo’lsa, urug’lantirish jarayonida ishtirok etgan spermiylar soni? 740*2=1480

  2. Kungaboqar savatchasida 560 ta urug’ yetilgan bo’lsa, tuxum hujayrani urug’lantirish jarayonida ishtirok etgan spermiylar soni ? 560

  3. Kungaboqar savatchasida 560 ta urug’ yetilgan bo’lsa, markaziy hujayrani urug’lantirish jarayonida ishtirok etgan spermiylar soni nechta mikrosporadan hosil bo’lgan?


  1. Gul tugunchasidagi nechta arxeasporaning yetilishi natijasida kungaboqar savatchasida 740 ta urug’ hosil bo’ladi?

740

  1. Agar o’simlikdan hosil bo’lgan mikrosporalarning 40 % dan chang hosil bo’lsa, changing 50 % urug’lanishda ishtirok etgan bo’lsa kamida o’simlikda 160 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa shu jarayonda ishtirok etgan changdondagi birlamchi jinsiy hujayra soni?




  1. Namatakda hosil bo’lgan spermilarning 30% urug’lantirishda ishtirok etgan shu o’simlikda 1008 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa bu jarayonda ishtirok etgan changdondagi birlamchi hujayra soni?



  1. Diploid va tetraploid (n=9) bolgan karam navlaridan chatishtirishdan hosil bo’lgan zigotada xromosomalar sonini?




  1. Diploid va tetraploid (n=7) bolgan bug’doy navlarining chatishtirishdan hosil bo’lgan zigotada xromosomalar sonini?

  2. Qalampir diploid va tetraploid navlaridan olingan chang donasi bilan chatishtirildi, urug’lanish jarayonida hosil bo’lgan o’simlikning murtak hujayrlarida nechta , markaziy hujayralarida nechta xromosoma bo’ladi.

  3. Agar o’simlikda hosil bo’lgan mikrosporalarning 40 % dan chang hosil bo’lgan bo’lsa changchining 50% urug’lanishda qatnashgan bo’lsa hamda o’simlikda 320 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa bu jarayonda ishtirok etgan changchidagi birlamchi jinsiy hujayralar soni?

  4. Agar o’simlikda hosil bo’lgan mikrosporalarning 40% dan chang hosil bo’lib changning 50%i urug’lantirishga qatnashgan bo’lsa hamda o’simlik 160 ta urug’ hosil bo’lgan bo’lsa , shu jarayonda ishtirok etgan changdondagi jinsiy hujayralar soni?

  5. Agar o’simlikda 480 ta hosil bo’lgan arxeospora , ulardan 60% chang hujayraga to’g’ri kelsa o’simlikda qancha urug’ hosil bo’ladi?

  6. Sholi o’simligi ildizining o’sish zonasi hujayrasidagi xromosomalar soni 24 ta bo’lsa mikrosporani hosil qiluvchi birlamchi hujayradagi xromosomalar soni?

  7. Sholi o’simligi endosperma hujayradagi xromosomalar soni 36 ta bo’lsa, mikrosporani hosil qiluvchi birlamchi hujayradagi xromosomalar soni?

Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling