Grafik formatlar
Ekran imkoniyati va rang modellari
Download 68.99 Kb.
|
Grafik formatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter grafikasida rang tushunchasi.
- Rang modellari.
Ekran imkoniyati va rang modellari
Ekran imkoniyati- bu kompyuter tizimi va operatsion tizim xususiyatidir. Ekran imkoniyati piksellarda oʻlchanadi va ekranda joylashadigan tasvir oʻlchamini belgilab beradi. Chop etuvchi qurilma va printerning imkoniyati – bu printerning aloxida nuqtalarni koʻrsatishi bilan belgilanadi. U nuqta – dyuymga birligida oʻlchanadi. U tasvirni berilgan sifat yoki aksincha berilgan oʻlchamda tasvirlaydi. Tasvir imkoniyati –bu tasvir xususiyati. U ham nuqta – dyuymga nisbatan birligida oʻlchanadi va uning skaner va grafik tahrirlovchisi yordamida oʻlchami beriladi. Kompyuter grafikasida rang tushunchasi. Kompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini oʻynaydi. Biz koʻrayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorugʻlik koʻz qorachigʻi orqali koʻzimizga oʻtadi va koʻz ichidagi asab xoʻjayralarini qoʻzgʻatadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bogʻlanganligi tufayli koʻz yorugʻligi miyaga oʻtadi va ongimizda buyumni koʻrish tuygʻusi paydo boʻladi. Biz buyumni koʻramiz. Atrof muhitni bunday koʻrish qobiliyati koʻrish deb, koʻrish a’zosi esa koʻz deb ataladi. Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda koʻp ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni koʻrish orqali qabul qilamiz. Yorugʻlik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi. Bizning koʻzimiz miya bilan organizmning asab tizimsi orqali bogʻlangan. Agar koʻzning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida oʻxshashlik borligini sezishimiz mumkin. Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin boʻlmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. qizil, yashil va koʻk ranglar–asosiy ranglar hisoblanadi. Ularni bir hil aralashtirsak oq hosil boʻladi. Rang modellari. Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va koʻrsatish yoʻli. Eng keng qoʻllaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, koʻk) monitorlarda tasvirlarni koʻrsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (koʻp kanalli). Download 68.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling