Grafik masalalarni yechish xususiyatlari
Download 353.74 Kb.
|
Abdisharifova U
4 – masala. Gorizontal sirtda yotgan m massali jismga gorizont bilan α burchak hosil qilgan pastga yo’nalgan kuch qo’yilgan (3-rasm). Jism bilan sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ bo’lsa, jism tezlanishini toping.
Yechish: Bu masalani yechish uchun sanoq sistemasi kiritiladi, bunda Х o’qi gorizontal, ya’ni jismning harakat yo’nalishida yo’nalgan bo’lsa, Y o’qi yuqoriga yo’nalgan bo’ladi. U holda F kuchning gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini mos ravishda Fx=Fcosα, Fy=Fsinα deb olish mumkin. Ulardan va boshqa kuchlardan foydalangan holda quyidagi tenglamalarni tuzish maqsadga muvofiqdir: Fcosα – Fishq=ma, N – FSinα – P=0. Bu tenglamalar birgalikda yechilsa va Fishq=μ·N ekanligi hisobga olinsa, jism tezlanishi uchun quyidagi ifoda hosil bo’ladi. Agar jismga tortish kuchi ta’sir qilmasa (F=0), u tezlanish olmaydi shu shart yuqoridagi formulada hisobga olinsa, ya’ni F=0 da a=-μg≠0 ekanligi kelib chiqadi. Bu esa o’z navbatida yuqorida aytilgan shartga ziddir. Shu sababli ushbu masalaning to’g’ri javobi quyidagicha bo’lishi kerak. Istalgan miqdordagi tortishish kuchi gorizontal sirtda yotgan jismni harakatga keltira olmaydi. Bu jism harakat qilishi uchun unga minimal tortishish kuchi ta’sir etishi kerak. Ushbu kuchning miqdori a=0 bo’lgan holda yuqoridagi formuladan kelib chiqadi va u quyidagiga teng bo’ladi: . Demak, jism bo’lsa, tekis harakat qiladi yoki tinch turadi. bo’lsa, u biror tezlanish bilan harakatlanadi. Shunday qilib, ushbu masalaning yechimi , a=0 ko’rinishga ega bo’ladi. Shuni aytish kerakki, masalaning yechimida ildiz ostida ayirma yoki logarifm paydo bo’lsa, ularning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar sohasini albatta aniqlash zarur. Masala yechimining maxrajida ham ayirma paydo bo’lsa, bu yechimga kirgan kattaliklarning qanday qiymatlarida masala yechimining maxraji nolga aylanishini aniqlash kerak. Bizning holda cosα≤μsinα bo’lganda hech qanday kuch jismni o’rnidan qo’zg’ata olmaydi. Fizikadan masala yechimini ana shunday tahlil qilish o’quvchi va talabalarda fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, ularda bilim ko’nikma va malakalar hosil bo’lishga yordam beradi. XULOSA. Fizikadan masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizikaviy hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsplari bilan tanishadilar va ular bilan ishlash ko’nikma hamda malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek masalalar o’quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi. Ko’pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko’ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. Fizikadan masalalar to’plamlarida berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Masalan masalalarning murakkablik darajasiga ko’ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko’rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo’lgan holat tavsiflangan masalalar, o’quvchilar yangi bilimlar olish uchun foydalanish mumkin bo’lgan masalalar. Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir va hakozo bo’lishi mumkin. Bunday bo’linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko’pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo’limlaridagi ma’lumotlardan foydalanamiz. Shuningdek politexnik mazmunga ega bo’lgan, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga bag’ishlangan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan masalalarga klassifikatsiyalanadi. O'quv jarayonni o'z tuzilishga ega bo'lib, u o'zaro bog'langan qismlardan iboratdir. O'quvchilarning diqqat va tafakkurini yangi o'quv materialini faol idrok etishga jalb qilish maqsadida o'quvchilar oldiga masalalarni qo'yish kerak. Ammo bu faoliyat o'z-o'zidan kelib chiqmaydi, uni o'qituvchi vujudga keltirish kerak. O'qituvchining bilimlar berishi va o'quvchining yangi matrialni idrok etishi. O'qituvchining bu bosqichdagi rahbarligi idrok etish sifatining oshirishning muhim yo'lidir. O'qituvchi yangi materialni o'rganish odidan muammoli vaziyatni vujudga keltira olsa o'quvchilarni idrok etish vaqtidagi faolligi oshadi. O'quv muammolarini qiziqarli mashqlar grafik topshiriqlarni bajarishda vujudga keladi. Grafik tushunchalarni tarkib toptirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash jarayoni. Tushuncha fikrlashning shunday bir shakli, uning yordamida predmet va hodisalarnirig muhim belgilari ifodalanadi. Grafik tushunchalarning vujudga kelishi murakkab fikrlash jarayonidir. O'quv materialini idrok etilishi va anglab olishi natijasida miyada vujudga kelgan bilimlar mustahkamlanishi kerak. Bilimlarni mustahkamlash maqsadida grafik va amaliy mashqlarni qisqa vaqtda yechish bilan erishiladi. . O'quvchilarning grafikadan olgan bilim, malaka va ko'nikmalarini yangi sharoitlarda qo'llash. Bilimlarni yangi mashqlarga, amaliy faoliyatida mumkin tadbiq etib turish bilimni mustahkamlashning ishonchli sinalgan usulidir. Shu sababli o'qitish vaqtida xilma-xil amaliy vazifalami qo'yish, o'quvchilarning bilimlarini tadbiq etish bilan bog'liq bo'lgan amaliy faoliyatga jalb etish grafikaga oid bilimlarni puxta va ongli o'zlashtira olishning muhim vositasidir. 5. Egallargan bilim, malaka va kо'nikmalaming o'zlashtirishlarini tekshirish. Ko'rsatilgan qismlaming har biri o'quv jarayonning tarkibiy qismi bo'lib umumiy va maxsus vazifalani bajaradi. Download 353.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling