Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari


Download 3.77 Mb.
bet12/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari.
Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari

Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko‘rkamligini ham nazarda tutish zarur. Grafikaning ko‘rkamligini oshiruvchi va uning yuklanish tezligini kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi grafikasini ifodalash, go‘yoki bu regionlar orasida uzviy


bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining.(ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin.
Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida kompyuter grafikasining uch turi – rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Ularning to‘la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi.


8 – mavzu Asos va o‘lcham, shakl va o‘lcham

O'lchamning nima ekanligi ko'pchilik uchun u yoki bu darajada yaxshi tushunarlidir. Maktab yillarida geometriya fani uning aniq ta'rifini berib o'tgan. Biroq, inson tasavvuri uchun o'lcham aniq matematik ifodalangan tushuncha hisoblanmaydi. Agar biz, masalan, evkaliptning balandligi taxminan 100 metrga yaqinligini bilsak, bu bizga ko'p narsa bermaydi.


Agar bu 3-qavatli uy balandligiga teng desak, unda ushbu qanday daraxt ekanligini tasavvur qilish mumkin.
Shunday qilib, o'lcham - bu nisbiyt ushunchadir. Biz uni 20 sm, 3 m, 5 m dek emas, balki "miniatyura", "o'rtacha", "katta", "ulkan", "juda katta" dek qabul qilamiz. Bularning barchasi inson his qiladigan sezgilarga asoslanadi, inson sezgilari esa etarlicha egiluvchandir. Biz broshyuradagi miniatyuralarni koʻrganimizda katta rasmni koʻrganimizdan koʻra, bizning katta va kichik to'g'risidagi tushunchalarimiz turlichadir.
Biror ish tarkibida aniq obyekt o'lchamini tanlashda butunlay kompozitsiya qandaydir g'oyani o'zida mujassamlashtirgani to'g'risida o'ylash kerak (umuman, zamonaviy dizaynning asosiy masalasi - axborot yoki xissiyotlarini maksimal samarali ravishda iste'molchiga yetkazib berishdir). Shunin guchun ham, aytaylik uyali telefon reklamasida uyali telefonni o'zini ajratish lozim.
Izoh
Kompozitsiyadagi biror-bir obyektga e'tiborni jalb qilishda, uning boshqalarga nisbatan oʻlchamini katta qilish mumkin va teskarisi: tomoshabinning diqqatini yirik detallar orasida uncha katta bo'lmagan detalga tortish.
Bu holatda u asosiy axborot sifatida qabul qilinadi, qolganlari esa - fon sifatida. Ushbu samara 1-rasmda ko'rsatilgan, bu yerda biz tomoshabinni e'tiborini raqamlardan biriga qaratamiz.

1-rasm. Kompozitsiyada obyektni nafaqat yirik o'lchamda, balki teskari holda ham ajratish mumkin
Shuning uchun ham, bitta kompozitsiyada "yaxshi ishlaydigan" obyekt, o'lchamlarini oldin yaxshilab to'g'rilamasdan boshqasiga oʻtkazish mumkin emas. Shuning uchun ushbu ishni bajarishda nafaqat ko'zga (professionallar ko'rish orqali olinadigan axborotni qanchalik yolg'onchi ekanligini biladilar), balki oʻlchamga shaklning, tekstura va rang to'g'risidagi o'z bilimlariga ishonishi kerak.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling