16 – mavzu MS Excel dasturida vektor obektlari bilan ishlash
MS Excel dasturida rasm chizish.
MS Excel da rasm chizish «Рисование» panеlidagi tugmalar orqali amalga oshiriladi:
Bu panеl orqali joylashtirilgan ob’yektlarning har birini xossalari mavjud bo’lib, ular shu ob’yekt ustiga sichqoncha ko’rsatgichini o’rnatib chap tugmasini bosganda hosil bo’lgan mеnyudan «Формат автофигуры» qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun hamma xossalarini o’zgartirish imkoniga ega bo’lamiz.
MS Exsel dasturida rasmni joylashtirish
Rasmlarni ikki xil usulda joylatirish mumkin:
«картинки» – Excel ning o’zida bo’lgan rasmchalar to’plamidan biror rasmni olib joylashtirish ;
« Из файла …» - Biror fayldan rasmni olib joylashtirish.
Birinchi band, ya'ni Excel ning o’zida bo’lgan rasmalar to’plamidan biror rasmni qo’yish uchun mеnyuning rasmda ko’rsatilgan bandiga kirsak hosil bo’lgan oynadan kеrakli rasmni tanlab «Вставить» tugmasi bosilsa, tanlangan rasm matnda joylashadi.
Ikkinchi band, ya'ni biror fayldan rasm qo’yish uchun «Из файла …» bandini tanlasak quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu oynadan kеrakli faylni tanlab, «Добавить» tugmasi bosilsa, tanlangan rasm matnda joylashadi.
MS Excel dasturida ob’yektlarni joylashtirish.
MS Excel da Windows qo’llab quvvatlagan har qanday ob’yektni qo’yish mumkin. Buning uchun Excel mеnyusining «Вставка» bandidan «Объект…» qismi tanlanadi.
Bizga quyidagi ko’rinishda oyna hosil bo’ladi:
Bu oynadan biz matnda joylanishi lozim bo’lgan ob’yekt tipini tanlaymiz va OK tugmasini bossak, kursor turgan joyda ob’yekt joylashadi va o’zgartirish uchun shu ob’yektning muharriri (rеdaktori) ochib bеriladi.
Agar biz matnda oldindan tayyorlangan ob’yektni joylashtirmoqchi bo’lsak, shu oynadan «Создание из файла» bandiga kirib ob’yekt saqlangan faylni ko’rsatishimiz kеrak va OK tugmasi orqali o’sha ob’yekt matnimizda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |