Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Download 3.77 Mb.
bet35/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Diagrammalarni qo‘yish.
Diagramma – bu jadvaldagi sonlarning grafik ifodasi bo‘lib, taqdimotni yanada tushunarli va ko‘rgazmali ifodalashda juda muhim hisoblanadi. Uni tuzish quyidagicha bajariladi:
 diagrammani qo‘yish uchun zarur bo‘lgan slayd umumiy ko‘rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari orqali tanlanadi.
 uskunalar panelidan tugmachani bosib, kerakli ko‘rinishdagi diagramma tanlanadi. Parametrlarini o‘rnatib, qiymatlari kerakligicha kiritiladi;
 diagramma kattaligi o‘zgartirilib, kerakli slaydga joylashtiriladi 18- rasm.
18-rasm. Slaydga diagramma joylashtirish oynasi.

«Vstavka» menyusining «Sxematicheskaya diagramma» bandi orqali har xil ko‘rinishdagi diagramma turlarini tanlab ular bilan ishlashimiz mumkin (19-rasm).




19- rasm. Diagramma turini tanlash oynasi.
Taqdimotni chop etishga tayyorlash
Taqdimotni chop etishdan avval uning parametrlarini o‘rnatish kerak. Buning uchun «Fayl» menyusidan «Parametri slayda» tanlanadi. «Parametri slayda» muloqot oynasidan to‘g‘ri keladigan qog‘oz o‘lchamlari va uning yo‘nalishlari tanlab olinadi (20- rasm).

20- rasm. Slayd o‘lchamlarini sozlash oynasi.

«Fayl» menyusidan «Pechat» bandini tanlab, ochilgan muloqot oynasidan chop etishga sozlashni bajaramiz (21-rasm).



21-rasm. Slaydlarni chop etishga sozlash oynasi.
Darchaning yuqori qismiga e’tibor bering, u yerda mos printer ko‘rsatilganligiga ishonch hosil qiling va quyidagilardan foydalaning:
- chop etish. Siz har bir slaydni alohida qog‘ozga chop etishni xohlaysizmi? Yoki bir vaqtda ikkita, uchta yoki oltita slaydni chop etib, qog‘ozni tejashni xohlaysizmi? Yoki betlarni kamchiliklar – mulohazalar bilan chop etasizmi? Quyidagi ro‘yhatdan o‘zingiz xohlagan chop etish usulini tanlang.
- nusxalash soni. Kerakli nusxa sonini bering va agar kerak bo‘lsa ularni taxlab chiqing. «Razrabotat po kopiyam» maydoniga belgi qo‘ying. Nusxalarni ko‘p miqdorda olmoqchi bo‘lsangiz ko‘paytirish texnikasidan foydalanish kerakligini yodda tuting:
• chop etish diapozoni. Siz barcha taqdimotlarni yoki tanlagan slaydlarni chop etishingiz mumkin;
• berkitilgan slaydlarni chop etish. Agar siz auditoriyaga o‘zingiz berkitgan slaydlarni ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, u holda bu maydonga belgi qo‘ying;
• oq-qora rangli slaydlaringiz bo‘yog‘i kulrang tusga o‘zgartirilgan bo‘ladi;
• varoq bo‘yicha masshtablash. Agar tanlangan qog‘ozingizga slaydlar sig‘masa yoki uning ozgina qismini egallasa, bu maydonda belgi qo‘ying va Power Point dasturining o‘zi sahifani maksimal to‘ldirishni ta’minlab beradi;
• slaydlarni hoshiyalang. Chop etilayotgan slayd nusxalari ingichka hoshiya ichiga joylashtiriladi.
Elementning bir turini, masalan, slaydlarni chop etib bo‘lib, yana shu muloqot darchasiga qayting va qilganlarini, mulohazalar yozilgan betlar, slaydlar tarkibi yoki taqdimot slaydlarini o‘zini chop eting.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling