Gramm olcha bor?
Download 14.08 Kb.
|
masalar 10 talik nazorat savolli
1. Kompot uchun 600 g quritilgan meva olindi. Unda 3 qism olma, 2 qism olcha va 1 qism nok bor. Olingan quritilgan mevada necha gramm olma va necha gramm olcha bor? 2. Bir son ikkinchisidan 18 ta ortiq. Ularning yig’indisi 168 ga teng. Shu sonlarni toping? 3. Avtomashina bakiga 77 l benzin quyildi. Farg’onaga borish uchun bakdagi benzinning 3/11 qismi, Andijonga borish uchun esa 4/7 qismi sarflandi. Bakda necha litr benzin qolgan? 4. Sinfdagi 30 o’quvchidan 23 tasi futbol to’garagiga, 16 tasi esa gimnastika to’garagiga qatnashadi. Necha kishi faqat futbol to’garagiga qatnashadi? 5. Onasi 40, qizi 16 yoshda. Necha yil keyin qizi onasidan 2 marta yosh bo’ladi? 6. O’quvchiga testda 30 ta masala berildi. Har bir to’g’ri yechilgan masala uchun 5 ball berilib, noto’g’ri yechilgan har bir masala uchun 9 ball chegirildi. Agar o’quvchi 66 ball to’plagan bo’lsa, u nechta masalani noto’g’ri yechgan? 7. Fermada tovuq va qo’ylar bor. Ularning bosh soni jami 195 ta, oyoqlarining soni 550 ta. Qo’ylar soni tovuqlar sonidan nechta kam? 8. Eng katta uch xonali son hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa necha marta eng katta ikki xonali sonni qo’shish kerak? 9. Kemaning turg’un suvdagi tezligi 18 km/soat. Kema daryo oqimi bo’ylab 5 soat suzdi va orqaga qaytib avvalgi masofani endi 7 soatda bosib o’tdi. Daryo oqimining tezligini toping? 10. Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63 kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping? Download 14.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling