Grammatik ma'no va grammatik vosita So'z


Download 13.49 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi13.49 Kb.
#1173815
Bog'liq
grammatik mano va grammatik vosita


Aim.Uz

Grammatik ma'no va grammatik vosita


So'z – umumlashtiruvchi ma'noga ega. Masalan, "paxta" so'zi ham ko'chat, ham undan olingan mahsulotni ifodalaydi. Bu uning aniq ma'nolari. Lekin "paxta" so'zi "ko'chat" va "mahsulot"larning barcha turlarini atashi uning umumlash­tiruvchi ma'nosidir. Biroq bu so'zga -kor yasovchi suffiksini qo'shilsa – "paxtakor", ya'ni paxta ekish va uni yig'ib-terib oluvchi shaxsning kasbini ko'rsatadi. "Paxtakor" so'ziga yana beshta qo'shimcha va suffikslar qo'shish mumkin: paxta-kor-lar-i-miz-da-gi. Bunda -lar – ko'plik shaklini ko'rsatuvchi qo'shimcha, -i – egalik shaklini ifodalovchi qo'shimcha, -miz – shaxs-son qo'shimchasi, -da – o'rin-payt va –gi – chiqish kelishiklari qo'shimchalari hisoblanadi.
"Paxtakor" so'zidagidek -kor suffiksi yordamida yasalgan bunyod-kop, lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so'zlar mavjud.
Binobarin, -kor suffiksi yordamida yasalgan so'zlar guruhi va ularni har biridagi umumiy ma'no grammatik ma'no hisoblanadi. So'zlarning grammatik ma'nosini ifodalay oluvchi maxsus til vositalari qatoriga otlarda qo'llanuvchi kelishik, son, egalik, shaxs, son, mayl kabilarni ifodalovchi qo'shim­cha­lar kiradi.
Grammatik ma'no o'z mazmuniga ega bo'lib, bir guruh­dagi barcha so'zlarning biror belgisini ko'rsatadi va binobarin, umumiylik xususiyatiga ega.
Grammatik ma'no leksik ma'no­ga qaraganda ancha mavhumroq ekanligi uning biror guruh­da­gi so'zlarning umu­miy belgisini ifodalashi bilan izohlanadi.
Grammatik ma'noni grammatik vositalarsiz aniqlab bo'l­maydi. Masalan, maktabni, maktabga, maktabda kabi so'z shakllarini qiyos­laganda, ulardagi kelishik qo'shimchalari yoki bordi, boradi, bormoqchi kabi fe'l shakllarini qiyoslasak, ulardagi zamonga tegishli qo'shimchalar grammatik ma'noni ifoda­lov­chi vosita­lar hisoblanadi.
Bir so'zning turli shakllari o'z grammatik ma'nosiga ega. Odatda bir so'z doirasidagi turli shakllar, masalan, kitobda, kitobga, kitobni kabilar, shu so'zning paradigmasi (grekcha paradigma – andoza, nusxa, model) deyiladi.
Grammatik ma'noni izohlashda so'z paradigmasidagi shu so'z shakllarini ifodalovchi grammatik vositalarni hisobga olinadi.
Download 13.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling