Grammatik xususiyatlari
Download 45.96 Kb.
|
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARINING TA’RIFI, TURLARI VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z birikmasi
SINTAKSIS
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo‘lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so‘z turkumlari, sintaksisda so‘z birikmalari, gap turlari o‘rganiladi, Grammatika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “o‘qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Sintaksis ham grekcha so‘z bo‘lib, “tuzish” demakdir. So‘z birikmasi Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan tobe munosabat asosida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasi gapdan quyidagicha farqlanadi. 1. So‘z birikmasi kengaygan ma’no ifodalaydi. Gap esa fikr bildiradi. Shu bois, so‘z birikmasi tugallanmagan ohang bilan, gap tugallangan ohang bilan aytiladi. 2. So‘z birikmasi ergash so‘z va bosh so‘zdan iborat bo‘ladi. Gapda esa bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirok etadi. Mustaqil so‘zlar ma’no va grammatik jihatdan bog‘lanib, so‘z qo‘shilmasi hosil qiladi. So‘z qo‘shilmasidagi so‘zlar bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi a) teng bog‘lanish b) tobe bog‘lanish. Teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasida so‘zlar o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi: ezgulik va yaxshilik. Tobe bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasi (so‘z birikmasi)da bir so‘z boshqasiga tobe bo‘ladi: bebaho xazina, umidvor nigoh. Ega va kesimning bir-biriga bog‘lanishi so‘z birikmasi hisoblanmaydi. So‘z birikmasida bosh so‘z va ergash so‘z quyidagicha farqlanadi: a) bosh so‘zning ma’nosini izohlab, ravshanlashtirib kelgan so‘z ergash so‘z, ma’nosi izohlanayotgan so‘z esa bosh so‘z hisoblanadi. b) oldin kelgan so‘z ergash so‘z, keyin kelgan so‘z bosh so‘z bo‘ladi; v) bosh so‘zdan ergash so‘zga so‘roq beriladi: ko‘rkam xiyobon- qanday xiyobon? g) kelishik qo‘shimchalari ergash so‘z tarkibida, egalik qo‘shimchasi bosh so‘z tarkibida bo‘ladi: mening maqsadim. Bosh so‘z qaysi so‘z turkumiga mansubligiga qarab, so‘z birikmasi ikki xil bo‘ladi: 1. Otli birikma 2.Fe’lli birikma. 1. Bosh so‘z ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: nordon anor, asalday shirin, fidokorlikda birinchi, yig‘ilganlarning barchasi, topshiriqni bajarish. 2. Bosh so‘z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kecha kelding, kelajakni o‘ylab, erta kelgan. Download 45.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling