Grammatika so‘zi qaysi tildan olingan?


Download 17.85 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi17.85 Kb.
#1314574
Bog'liq
Morfologiya fanidan test!


  1. Grammatika so‘zi qaysi tildan olingan?

  1. Yunoncha

  2. Lotincha

  3. Ruscha

  4. Inglizcha

  1. Tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, ya’ni so‘zlarning shaklga ega bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadigan bo‘limi nima deb ataladi?

  1. Grammatika

  2. Fonetika

  3. Onomastika

  4. Giperfoniya

  1. Grammatika necha qismdan iborat?

  1. 2

  2. 3

  3. 4

  4. 6

  1. Yunoncha “harf”, “yozish” degan ma’nolarni anglatuvchi so‘zni toping.

  1. Grammatika

  2. Fonetika

  3. Leksikologiya

  4. Orfografiya

  1. Grammatika ma’lum til qurilishini qanday o‘rganishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

  1. 2

  2. 3

  3. 5

  4. 4

  1. Gapning grammatik xususiyatlarini, so‘zlarni bir-biriga bog‘lash usullarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi qaysi?

  1. Sintaksis

  2. Morfologiya

  3. Onomastika

  4. Fonetika

  1. BMT qaroriga ko‘ra tinchlik sulhi imzolandi. Ushbu gapda so‘z shakllarining hosil bo‘lish yo‘llarining necha turi ishtirok etgan?

  1. 2 ta

  2. 4 ta

  3. 3 ta

  4. 5 ta

  1. Tilimizdagi ba’zi mustaqil so‘zlar ham nutq jarayonida o‘zining mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so‘z vazifasiga o‘tishi tilshunoslikda nima deb yuritiladi?

  1. Grammatikalizatsiya

  2. Superpozitsiya

  3. Giponimiya

  4. Partonimiya

  1. Grammatikalizatsiya hodisasi qatnashgan gapni toping.

  1. Bir hafta ichida ishlar nihoyasiga yetdi.

  2. Akam bilan bozorga bordik.

  3. Osmonda pag‘a-pag‘a oq bulutlar ko‘rindi.

  1. So‘zlarni bir-biridan farqlovchi belgilar nima deyiladi?

  1. Differensial belgilar

  2. Integral belgilar

  3. Ekstralingvistik belgilar

  4. Lingvistik belgilar

  1. Odobni beodobdan o‘rgan. Ushbu gapda nechta affiksal morfema mavjud?

  1. 3 ta

  2. 2 ta

  3. 4 ta

  4. 5 ta

  1. –a, -ya, -ku qanday mano ifodalaydi?

  1. Grammatik va kommunikativ ma’no

  2. Uslubiy va Grammatik ma’no

  3. Uslubiy va pragmatik ma’no

  4. Pragmatik va uslubiy ma’no

Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling