Grammatika va uning bo’limlari
Download 27 Kb.
|
Grammatika va uning bo’limlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grammatika va uning bo’limlari
- Tayanch iboralar
Grammatika va uning bo’limlari Grammatika va uning bo’limlari Maruza rejasi: Kirish 1. Grammatika va uning bo’limlar. Morfema haqida ma‘lumot. Grammatik ma‘noni ifodalash usullari. Grammatik ma‘no. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1. Grammatika va uning bo’limlari. Yuqorida aytilgandek, til asosan to’rt yarus; fonetika - fonologiya, morfologiya - leksika va sintaksisdan tashkil topadi. Tilshunoslikka oid adabiyotlar morfologiya va sintaksis yaruslari bir atama bilan grammatika deb ataladi. Tilni yaruslarga ajratishning asosiy shartlaridan biri, xar bir yarusning birligiga ega bulishidir. Ma‘lumki, fonetik - fonologiya yarusining birligi fon va fonema deb ataladi. Fon va fonema nutqdagi eng kichik ma‘no anglatmaydigan, lekin ma‘no anglatuvchi birliklarning ma‘nosini o’zgarishiga xizmat qiluvchi birliklarning ma‘nosini o’zgarishga xizmat qiladigan birliklardir. Morfologiya birligi esa — nutq. faoliyatidagi eng kichik ma‘no anglatuvchi elementdir. Bu element nutqdagi ko’rinishi morf. Ishchi so’zi ikkita morfemadan tashkil topgan, chunki bu so’zning tarkibida ikkita eng kichik ma‘no anglatuvchi birlik: ish va chibor. Ish va elementlari boshqa kichikroq. ma‘nodaor bo’laklarga bo’linmaydi. Ish so’zi - i-sh singari bo’laklarga bo’lish; mumkin, lekin ular hech qandayma‘no anglatmaydi. - . . SHunday qilib, morflogiyaning birligi fonetika, fonologiya birligidan tubdan farq qiladi. Mofologiya birligi ma‘nodor, Fonetika esa, ma‘no anglatmaydigan birlikdir. Morf va morfemalarni ikki tomonlama birliklar deb yuritiladi. Fon va fonemalar esa. bir tomonlama birlikdir, chunki morf va morfemalarning ifodalovchi tomonlari bor. Ifodalovchi deganda, morf va morfemaning ogzaki nutqda eshitiladigan tovush va tovushlar birikmasini yozma nutq qush esa, xarflarni yoki xarflar birikmasini tushunamiz. Ifodalanuvchi deganda eshitilgan tovush yoki ko’rilayotgan harflarning anglatadigan ma‘nosi tushuniladi. Grammatikaning ikkinchi qismi Sintaksisdir. Sintaksisning ham o’z tekshirish ob‘ekti mavjud. Shuning uchun bu qismni kengroq taxlil qilamiz. 2. Avval ta‘kidlaganidek, morf nutqning morfologik yarusidagi eng kichik ma‘no anglatuvchi birligi, morfema esa, tilning morfologik yarusidagi eng kichik ma‘no anglatuvchi birligidir. Morf va morfema hamma vaqt bir - biriga teng kelavermaydi. Til birligi bulmish morfema nutqda bitta morf orqali va ba‘zi xollarda bir necha morf orqali ifodalannishi mumkin. Uzbek tilida otlarda kuplik bittalar morfemasi bilan ifodalanadi. Bunday xollarda morf va morfema bir - biriga mos keladi. Yoki chiqish ma‘nosi kelishik qo’shimchasi orqali, ya‘ni - da xam xuddi shunday xodisaga misol bo’la oladi. Lekin jo’nalish ma‘nosini o’zbek tilida turli qo’shimchalar bilan amalga oshiriladi: (- ga,-ga, - ka, - ka). Bunday xollarda bir morfema uchta morf orqali namoyon bo’ladi. Odatda bir morfemaga kiruvchi morflarni shu morfemaning variantlari allomorflari deyiladi. Demak, allomorf deb turli formaga ega bulgan, lekin bir xil ma‘no anglatadigan va bir morfemaga kiradigan morflarga aytiladi. Morfemalar anglatgan ma‘nosini, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlarning ochiq namoyon bo’lishi xamda ifodalanuvchi tomonlarning son jixatidan bir-biriga munosabatiga ko’ra turlariga ajratiladi. So’z, dastlab o’zak va affiksal qo’shimcha) morfemalarga bo’linadi. O’zak morfemalar o’z navbatida anglatgan ma‘nolariga ko’ra leksik va ma‘no anglatuvchi o’zak morfemalar va grammatik ma‘no anglatuvchi o’zak morfemalarga ajratiladi. Leksik o’zak morfemalar narsa, xodisalarni anglatadi. Masalan: uy, ish, bosh, kitob va xokazo. Grammatik o’zak morfemalar mustaqil ishlatilsa xam, mustaqil leksik ma‘no anglatmaydi, ular so’zlarning grammatik formalarni xosil qilish gaplar ichidagi so’zlar frasida grammatik munosabatlar o’rnatishga hizmat qiladi. Bunday morfemalarga ko’makchi, bog’lovchi, predloglar, artikllar, yordamchi fe‘llar va xokazolar kiradi. Affiksal morfemalar ham so’z yasovchi affiksal morfemalarga va forma yasovchi affiksal morfemaga ajratiladi. So’z yaovchi affiksal mofemalar: -chi (ishchi), -kor (paxtakoy). -li (aqlli). Afiksal morfemaning ikkinchi turini grammatik' affiksal morfemalar deyish mumkin. chunki ular so’zlarga qo’shilganda ularning leksik ma‘nolarini o’zgartirmaydi, balki so’zlarning grammatik formalarinp o’zgartirishga yoki so’zlar orasida ma‘lum grammatik aloqa o’rnatishga xizmat qiladi. Ana shu ikki vazifadan qaysi birini bajarishga qarab, grammatik affiksal 'morfemalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: so’z o’zgartiruvchi affiksal grammatik morfemalar. So’zning asosiy leksik ma‘nosini o’zgartirmay, u anglatgan xodisa va narsalarning borliqqa munosabatini ifodalaydigan morfemalar forma yasovchi grammatik affiksal morfemalar deyiladi. So’zning so’z birikmalari va gaplardagi boshqa so’zlarga aloqasini, munosabatini ko’rsatishga xizmat qiladigan morfemalar so’z o’zgartiruvchi affiksal grammatik morfemalar deyiladi. 3. Yuqorida morfemalar anglatgan ma‘nosiga ko’ra leksik,grammatikva leksik grammatik morfemalarga ajratilishini aytib o’tiladi. Demak. Tilda asosan ikki xil: leksik va grammatik ma‘no bor. Leksik grammatik morfemalarni yangi so’z yasovchi vositalar deb karab ularni leksik morfemalar qatoriga kiritish mumkin. Leksik ma‘no tashqi dunyodagi birorta vokea, xodisa yoki narsaga aloqador yakka ma‘nolik xususiyatiga xam ega bo’ladi. Leksik va gramatik ma‘nolar xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qilsa dam, ishlatilishda, ya‘ni nutqda bir-biriga uzviy boglanan bi-ri - ikkinchisisiz uchramaydi: grammatik ma‘no leksik ma‘noga ko’shimcha ravishda namoyon bo’ladi va turli grammatik munosabatlarni ifodalaydi: bir so’zni ikkinchi so’zga bo’lgan munosabatini, so’zni shaxsga, songa, zamonga va xokazolarga bo’lgan aloqasini ko’rsatadi: uy, non, kitob, tulki, xay von so’zlarning leksik ma‘nolari xar xil: beshta so’z besh xil leksik ma‘no anglatadi, lekin ularning grammatik ma‘nolari bir xil: ular xammasi birlik va bosh kelishik shaklida. 4. Grammatik ma‘no doimo bir xil vositalar bilan ifodalanmaydi. Bu vositalarga affikslar, intonakiya, takror, supletiv formalar kabi vositalar kiradi. Affiksakiya - bu usul eng faol vositalardan biri bo’lib, u orqali turli xil grammatik ma‘nolar yuzaga keladi. Oxang - o’z tilida grammatik ma‘noni ifodalash uchun xizmat qiladigan melodika bilan o’rguni qamrab oladi. Melodika - deganda ton balandligini o’zgarashi tushuniladi. U asosiy xitoy-tibet tllarda katta ax.amiyatga egadir. Chunki bu tillar uchun affiksakiya umuman olganda yot narsadir.' Takror - deganla grammatik ma‘noni 'ifodalash maq,sadlarida so’z yoki uning biror q.ismini ikki marta qaytarish tushuniladi. Ichki fleksiya - deganda turli grammatik ma‘nolarni ifodalash uchun so’z tarkibidagi tovushlarni o’zgartirish tushunilib, bu vosita xind — ovrupa va semit tillarda keng qo’llaniladi: ingliz: spring - sakramoq,, sprang - sakragan. Supletivizm - deganda biz bir so’zning grammatik formalarini xar xil so’z o’zaklaridan yasalishini tushunamiz: ya - miya; men - meni, menga. Yordamchi so’zlar - zam. Grammatik ma‘noni aks ettirishga xizmat qiladi. Yuqorida morfemalar to’grisida gap borganda, biz bunday so’zlarni grammatik uzak morfemalar deb atagan edik. Biz u so’zlarni grammatik kategoriyalarni ifodalashda qatnashishi yoki qatnashmasligi nazarda tutib, ularni turkumlarga ajratamiz: Busha kura so’zlarning analitik formasini yasashda ishtirok etuvchi va bu vazifani bajarmaydigan yordamchi so’zlar farqdanadi. Birinchi guruxga: artikllar, yordamchi fe‘llar, ba‘zi yordamchi so’zlar, ikkinchisiga boglovchi, kumakchi, predloglar va yuklamalar kiradi. Tayanch iboralar: tilning grammatik qurilishi, nutqning grammatik strukturasi, morfologiya, sintaksis, kategorial va nokategorial shakllar, so‘z birikmasi, gap, tarixiy grammatika, falsafiy grammatika, umumiy grammatika, qiyosiy grammatika, tasviriy grammatika, tranformatsion grammatika, logik va grammatik kategoriyalar, struktural tilshunoslik, til sistemasini (tizimini) tadqiq qilish metodlari, distributiv analiz (tahlil) metodi, til elementlari, distributsiya, kontrast distributsiya, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi, transformatsion analiz metodi, yadro gaplar, sintaktik metonimiya, leksik ma`no, grammatik ma`no, kelishik qo‘shimchalari, fe`l zamonlari, sifat darajalari, affiksatsiya, egalik affikslari, kelishik shakllari, intonatsiya (ohang), melodika, urғu, takror, reduplikatsiya, ichki flektsiya, suppletivizm. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling