3. «I did not care what I was getting into» (f.A. Ch 6 p22»
31
«Men buning oqibati qanday bo’lishini o’ylab o’tirmasdim». (A.Q. B6
37-b)
Inglizcha variantda «I» bosh gap egasi «did not care «kesim, «what» to’ldiruvchi
ergash gap bog’lovchisi, «I» ergash gap egasi «was getting into» ergash gap kesimi.
I. G’ofurov ingliz tilidagi to’ldiruvchi ergash gapni yoyiq sodda gap tarzida
o’zbek tiliga tarjima qilganlar. «Men» ega, «buning oqibati qanday bo’lishini» ergash
gap murakkab to’ldiruvchi bo’lib «o’ylab o’tirmasdim» kesim tarzida tarjima qilingan.
Aslida: «Men qayg’urmasdim, men nima qilayotganim haqida».
4 I think it will be over soon» (f.A. Ch25 p 124) «Urush tez orada tugab qolar»
(A.Q.B26, 185-b)
Ingliz tilida to’ldiruvchi ergash gap tarzida berilgan gap o’zbek tiliga sodda gap tarzida
tarjima qilingan.
«I» bosh gap egasi, «think» kesim, «it» ergash gap egasi, «will be over» kesimi , soon- hoi.
O’zbekchada «urush» ega , «tugab qolar» kesim, «tez orada» hoi, «I think» tarzida ifodalangan
gap ishtirok etmagan.
Aslida tarjima: «Men o’ylaymanki, u(urush) tez orada tugaydi» tarzida qilinsa maqsadga
muvofiq bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: