Grammatik ma’noni ifodalash usullari.
Affiksal vosita;
Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z;
So’z tartibi;
Takror;
Ohang;
Sintaktik qolip;
Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’no ifodalashning eng keng tarqalgan turi, u orqali deyarli aksariyat grammatik ma’no ifodaladi.Ifodalaydigan grammatik ma’noning xarakteriga va o’z mohiyatiga ko’ra affikslar ikiga bo’linadi: a)so’z yasovchi affiks. b)shakl yasovchi affiks. Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z ham yani bog’lovchi, ko’makchi va yuklamalar ham Grammatik manoni ifodalash vazifasini bajaradi. So’z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o’zgarishi so’z grammatik ma’nosining o’zgarishiga olib keladi. Ohang –grammatik ma’no ifodalashning fonetik vositasi.Bu vosita yordamida gapning turi, gap bo’laklariga ajratish, farqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |