Green and Orange English Class Minimalist Lesson Presentation
Download 102.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Gulmurodova Dilbar
Gulmurodova Dilbar O'zbekistonning eng yangi tarixi M AVZU : Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Reja 1. Milliy xavfsizlikni taminlash. 2. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qoshnilar bilan konstruktiv va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilab berildi. Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yolida amalga oshirilgan say-harakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bolayotgan edi. Otgan yili Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan ozaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz osib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bolib otgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda ozaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish moljallanayotganini takidladi. Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qoshni Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bogliqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolgan hamda shunday bolib qolajak. Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf- odatlar hamda xavfsizlikni taminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yolini taminlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan boglashi mumkin. Shuning uchun ham Afgonistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash orinli. Bu esa, oz navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi. Otgan davr mobaynida Ozbekiston Afgoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgon muammosini hal qilish boyicha xalqaro say-harakatlarga faol qoshildi. Ozbekiston Afgoniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bolib otgan Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bolib otgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan Ozbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir. Bugun Toshkent Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniy- gumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qatiy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan ozaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bolmoqda. Prezidentlar dostona va samarali, ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Shu manoda aytganda, otgan yili dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf oanining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom manoda tarixiy voqea boldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Hind okeani Fors ko'rfazi Yevropa va sharq bozorlari Afg'oniston Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qoshma hujjatni, shuningdek, qoshni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bolgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bugdoy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi. Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. Otgan bir yarim yil ichida Afgoniston Islom Respublikasidan Ozbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu ozbek afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan. Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari boyicha Ozbekiston Afgoniston qoshma komissiyasining ilk majlisi bolib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishladi. Birinchidan, 2017 yilning ozida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz osdi. Va etiborlisi, bu bir yilning alohida korsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga kora, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning yol xaritasi qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda ozaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. Kobulda Ozbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan nomi ostida tovarlar korgazmasi faoliyat yuritadi yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda UzTrade shourumi (korgazma zali) ochildi. Unda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari orin olgan. Bugungi kunga qadar UzTrade kompaniyasi afgonistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani begaraz yetkazib berdi. Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boyicha huquqiy voris hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin. 2. Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar belgilansin: Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yonalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish; bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning tasirchan shakl hamda uslublarini joriy etish; yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini taminlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish; Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini taminlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi malumotlar oshkor bolishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ogishmay rioya etilishini kafolatlaydigan tasirchan mexanizmlarni joriy qilish; Ozbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish; mehnatga munosib haq tolash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. 3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishlari etib quyidagilar belgilansin: Ozbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taminlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish; Ozbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; Ozbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoriqlash va himoya qilish; Ozbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boyicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targib etishga qaratilgan buzgunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish; iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taminlash, Ozbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy manaviy merosini himoya qilish; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish; Etiboringiz uchun rahmat Download 102.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling