Green Blobs Basic Simple Presentation


Download 19.46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi19.46 Kb.
#1818579
Bog'liq
TILSHUNOSLIK 2 mavzu presentation by B.A.A



TILSHUNOSLIk
Koreys filologiyasi|Aydarov Beksultan


Reja
1.Til va nutq va ularning farqli
tomonlari 
3. Til va tafakkur
2. Nutq faoliyati turlari
4. Til va madaniyat


Til va nutq
ʼTil-imkoniyat sifatida aloqa aralashuv,
fikr almashuv quroli. Nutq - tildan fikr
almashuv maqsadida foydalanish usuli,
jarayoni. Demak, bu tushunchalar bir-
biridan farqli va mohiyatan o'ziga xos
tushunchalar ekan. Til o'rnida nutqni
nutq o'mida tilni tushunishimiz xato
hisoblanadi.


F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas
bo'lagi deb hisoblab, ularni "bir paytning o'zida fizik,
fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va
ijtimoiy munosabatlarga daxldor" jarayonlar deb
ta'riflagan edi. Til, Sossyumning fikricha, nutq
faoliyatining ijtimoiy va psixik tomonlaridir, nutq esa
uning individual va psixofizik tomonlari, yoli odamlar
nimani gapirsa, o'shalarning yig'indisidir. Til faoliyat
mahsuli emas, balki faoliyatning o'zidir" degan g'oyani
ilgari surgan.
V.Fon Gumboltdan farqli o'laroq, Sossyur "til faoliyat
emas, balki so'zlovchi tomonidan passiv qayd
qilinadigan tayyor mahsulot, nutq mahsulidir" deydi.
Uning ta'kidlashicha, "tilning voqeligi, o'z tabiatiga
ko'ra nutqqa nisbatan kam emas


Til va nutq, ularning farqli tomonlari
Til va nutq bir-binga bog'liq hodisalardir. Til uchun nutq
moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil
topadi.Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy
bo'ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So'z,
morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy
material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo'ladigan so'z
shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunda
til bir tomondan moddiy hodisa bo'lsa, ikkinchi tomondan
ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy
hodisaligini uning ongda saqlanishi ko'rsatadi.
Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda
mavjudlikka (haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq, nutq
a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi. Ruhiy hodisa
bo'lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o'tgach,
haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining maxsulotidan,
ma lum shaklga kirishishdan iborat.


NUTQ KISHI ONGIDA HAM HOSIL
BO'LISHI MUMKIN. BUNDA HALI
REALLASHMAGAN TIL UNSURLARIDAN
TASHQIL TOPADI. BU ICHKI NUTQDIR.
KISHILARNING OG'IZ OCHMASDAN
FIKRLASHI, MUNOZARA YURITISHI,
O'YLASHI ICHKI NUTQQA MISOL BO'LADI.
Til madaniyati deyilganda ana shu tildagi
ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida
hamma tushunadigan va qo'llay oladigan
darajaga keltirilganligi, ma'lum davr uchun
mosligi, ishlatilish qonun va qoidalari,
me'yorlarining qay darajada aniq va
mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi
tushuniladi.
2. Nutq ikki xil bo'ladi:


Til ijtimoiy hodisa
bo'lib, muayyan
bir xalqning
ruhiyati va
tafakkur tarziga
muvofiq tarzda
yashaydi.
Tafakkur,
asosan, til
vositasida
rivojlanadi. U
bilim va ilmni hosil
qiluvchi eng
muhim vositadir.


Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi
nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til
belgilari-so'zlar, so'z birikmalari va gaplar-
moddiy shakllar bo'lib, ularda ongning
ideal mahsullari aniq tasavvurlardan
tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi
tushunchalar yoki hukmlargacha
ob'yektiv tarzda o'z aksini topadi.
Til deb murakkab muloqot tizimiga
yoki shu tizimni o'rganish va ishlatish
qobiliyatiga aytiladi. Tilni o'rganuvchi
sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon
tillari miqdorini aniqlash uchun til va
sheva orasida farq o'matish zarur.


Xulosa o’rnida, til va
madaniyatning o’ziga xosligi,
insonlarning intellektual va
jamiyatga o’z hissasini
o’rgatishimizda katta muhimdir.
Bu omillar o’zaro
munosabatlarimizni
o’zlashtiradigan va insoniy
jamiyatimizni o’zaro yaxshiroq
qiladigan asosiy elementlardir.
Xulosa


Foydalanildi
Canva dasturi 
Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – T.,
2008
Safari

Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling