1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb eʼlon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828—1829) dan soʻng 3 davlat (Angliya, Fransa, Rossiya) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, 1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915-yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi. - 1822-yil yanvarda Epidvarda chaqirilgan Milliy majlis Gretsiyaning birinchi konstitutsiyasini qabul qildi va Gretsiyani mustaqil deb eʼlon qiddi. 1827-yil aprelda yunon siyosiy arbobi I. Kapodistriya prezident qilib saylandi. Rossiya-Turkiya urushi (1828—1829) dan soʻng 3 davlat (Angliya, Fransa, Rossiya) London konferensiyasi qarorlariga muvofiq, 1830-yilning 3-fevraldan boshlab Gretsiya mustaqilligi tan olindi. 1910-yilda Krit o. Gretsiya bilan qayta qoʻshildi. 1910—1915-yillar mobaynida Liberallar partiyasi tashkilotchisi E. Venizelos Gretsiya Bosh vaziri lavozimida ishladi. U bir qator islohotlar oʻtkazdi. Gretsiya 1912-yilgi Bolqon ittifoqini tuzishda, Bolqon urushlari (1912—1913)da qatnashdi.
- Gretsiya birinchi jahon urushi davrida
- Tahrirlash
- Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan eʼtiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919—1922)da Gretsiyaning magʻlubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi. 1924-yil 25-martda Gretsiya respublika deb eʼlon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |