Grigoriy kalendari


Download 142 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi142 Kb.
#1472988
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidullayeva Muhayyo

Grigoriy taqvimi (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yulian taqvimi (eski uslub) oʻrniga 1582-yilda joriy etilgan taqvim. Perudjiy universiteti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-yilda taklif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yulian taqvimida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21 martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yilda kabisa yil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy taqvimiga koʻra oxirgi 2 raqami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, masalan, 1700-, 1800-, 1900- va 2100-yillar oddiy yil, 1600-, 2000-, 2400- va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365, 242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 soniya ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy taqvimining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sovet Ittifoqiga (shu jumladanOʻzbekistonda) Grigoriy taqvimi 1918-yil 14-fevraldan (eski uslubda 1-fevraldan) boshlab qabul qilingan. Kalendar- vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo'lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlaii yozib qo‘yilganbo‘ladi. Buesa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug‘diradi.
Yil- Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt o'lchov birligi. Bir yil 365 kundan iborat, har to‘rt yilda esa bir marta 366 kunga teng bo'ladi.
Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlaiini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalashtiriladi. Masalan, mamlakat Prezidentining chet davlatlarga borishi yoki chet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi.
Kalendarning vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o‘z hayotini Nil daryosisiz tasavvur etisha olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot-mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishi vaqtini bilish ham nihoyatda muhimahamiyatga egabo‘lgan.
Misrliklar Nil daryosining keyingi toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni tuzatib qo‘yishlari kerak edi. Kundalik kuzatuv daryoning yanagi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kunlik qilib, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kunni yil oxiiiga qo'shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa ilk kalendar vujudga kelgan.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling