Gruntlarning dinamik hossalari
Sharchali shtamp bilan sinovlar o‘tkazish
Download 274.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-ma\'ruza (1)
Sharchali shtamp bilan sinovlar o‘tkazish. N.A.Sitovich bog‘lanishli gruntlarning tortishini aniqlash uchun sharchali sinov usulini taklif qilgan va undan izlanuvlar amaliyotida keng foydalaniladi. Metodning mohiyati shundan iboratki, diametri d bo‘lgan sharcha yordamida gruntga F kuch uzatiladi va shtampning cho‘kishi s o‘lchanadi (2.16-rasm, a). Bunda akademik A.Yu. Ishlinskiy yechimiga muvofiq tortishishni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
(2.32) S inovlarni o‘tkazish paytida shtamp cho‘kishining shtamp diametriga nisbati quyidagi chegarada bo‘lishi lozim:
Shu tariqa olingan tortishish qiymati <5C bo‘lgan holda juda kam zichlanuvchi yopishqoq gruntlar (yog‘li loyli gruntlar, muzlagan gruntlar va sh.k.) uchun siljitish sinovlarida aniqlangan qiymatga mos keladi. Grunt ichki ishqalanish burchagining kattaroq qiymatlarida V.G.Berezansev (2.42) tenglamaning o‘ng qismiga kamaytiruvchi koeffitsiyent M ni kiritishni tavsiya etadi. Masalan, 0 bo‘lsa, M1; 10 bo‘lsa, M0,61; 20 bo‘lsa, M0,28; 30 bo‘lsa, M12. Sharchali sinov usuli yuklashning ta’sir ko‘rsatish vaqtiga qarab gruntlarning mustahkamlik xossalari o‘zgarishini aniqlash uchun qulay. Cho‘kish s vaqt o‘tishi bilan ortgani bois, (2.22) ifodaga muvofiq sharchali tortishish kamayadi. Bu (2.16-rasm, b) bir lahzali mustahkamlik c0, yuklash ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lum vaqt t ga mos keluvchi mustahkamlik ct va yuklash juda uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatgan holda intiluvchi uzoq muddatli mustahkamlik chegarasi c tushunchalarini kiritish imkonini beradi. Bir lahzali zo‘riqish (masalan, samolyot qo‘nayotgan paytdagi zarba) ta’sir ko‘rsatgan holda gruntning mustahkamlik darajasiga baho berish lozim bo‘lsa, bir lahzali mustahkamlikka yaqin kattaliklardan kelib chiqish (ayni holda dinamik ta’sirni ham hisobga olish) lozim. Masalan, muzlagan yoki loyli gruntlardan tarkib topgan tog‘ yonbag‘irlarining uzoq muddatli turg‘unligini ta’minlash uchun esa, uzoq muddatli mustahkamlik chegarasini hisobga olish talab etiladi. Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling