Gruntlarning fizik va mexanik xossalari
Download 0.68 Mb.
|
Gruntlarning fizik va mexanik xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntlarning siljishga qarshiligi
Dala sharoitida, filtratsiya koeffitsientini maxsus qazilgan chuqurchalardan suv o’tkazish yo’li bilan aniqlash mumkin. Laboratoriya (tajriba) ustaxonalarida esa bu koeffitsient Darsi qurilmasi, Tim asbobi, Kamenskiy quvurchasi, Dolmatov asbobi, Znamenskiy tomonidan taklif etilgan KFZ asbobi va boshqalar yordamida o’rganiladi. 4.3-rasmda filtratsiya koeffitsientini aniqlashda ishlatiladigan eng oddiy qurilmalardan birining sxemasi ko’rsatilgan. Tajribalarda grunt namunasidan sizib o’tadigan suvning tezligi, gidravlika va fizikadan ma‘lum bo’lgan quyidagi formula yordamida aniqlanadi: vф = V/(A t) bu yerda V – sizib o’tgan suv hajmi; A – grunt namunasining filtratsiya yo’nalishiga tik bo’lgan ko’ndalang kesim yuzasi; t –sizish vaqti.Gruntlarning siljishga qarshiligi Inshootlar ta‘sir zonasidagi gruntlarning bo’zilishi yoki ustivorligining yo’qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida sodir bo’ladi. Tug’on tanasi qismlarining siljishi, suv omborlar, daryolar va kanallar qirg’oqlarining yemirilishi, inshootlarning keskin cho’kishi va shunga o’xshash xodisalar bunga misol bo’la oladi. Ma‘lumki, siljish darajasi grunt qatlamlarida (kesimlarida) hosil bo’ladigan urinma kuchlanishlar miqdoriga bog’liqdir. Gruntning qandaydir bir tekisligidagi urinma kuchlanishlar uning siljishga chegaraviy qarshiligi с erishsa, u holda, ushbu tekislik bo’yicha grunt qismlarining o’zaro siljishi ruy beradi. Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini (siljituvchi urinma kuchlanishlar qiymatini) baholash grunt namunalarini laboratoriya ustaxonasida yoki gruntni bevosita dala sharoitida sinash orqali amalga oshiriladi. Laboratoriya ustaxonalarida siljish ko’rsatkichlari grunt namunalarini biror tekislik bo’yicha qirqish (tekis siljitish), uch yo’nalishda siqish, qanotli (parrakli) tsilindrlar yordamida qirqish, shar yoki konussimon sirtli bikr shtamplarni gruntga botirish va boshqa usullar bilan sinash yordamida o’rnatiladi.Rasmda amaliyotda eng ko’p ishlatiladigan tekislik bo’yicha siljituvchi (qirquvchi) asbobning sxemasi ko’rsatilgan. Sinash jarayonida, tsilindr shaklidagi grunt namunasi ustiga vertikal N yuk quyiladi. So’ngra, asbobning harakatlanuvchi xalqasiga pog’onama-pog’ona oshib boruvchi siljituvchi T kuchlar ta‘sir ettiriladi. Sinov aniq siljish sodir bo’lgunga qadar, gorizontal T kuchni oshirib borish hisobiga davom ettiriladi. Tajribalar N kuchning boshqa o’zgarmas qiymatlarida ham yuqoridagi tartibda kamida uch marta o’tkaziladi. Bunda, har bir sinovdagi gruntni zichlovchi bosim: p = N / A bu yerda A – siljish tekisligining yuzasi.Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling