Gruntlarning mexanik xossalari
Gruntlarning siljishga qarshiligi
Download 103.5 Kb.
|
GRUNTLARLARGA ISHLOV BERISH USLUBLARI VA MEXANIZATSIYA VOSITALARI
Gruntlarning siljishga qarshiligi
Inshootlar ta`sir zonasidagi gruntlarning bo`zilishi yoki ustivorligining yo`qotilishi, asosan ular qismlarining bir-biriga nisbatan siljishi natijasida sodir bo`ladi. Tug`on tanasi qismlarining siljishi, suv omborlar, daryolar va kanallar qirg`oqlarining yemirilishi, inshootlarning keskin cho`kishi va shunga o`xshash xodisalar bunga misol bo`la oladi. Ma`lumki, siljish darajasi grunt qatlamlarida (kesimlarida) hosil bo`ladigan urinma kuchlanishlar miqdoriga bog`liqdir. Gruntning qandaydir bir tekisligidagi urinma kuchlanishlar uning siljishga chegaraviy qarshiligi с erishsa, u holda, ushbu tekislik bo`yicha grunt qismlarining o`zaro siljishi ruy beradi. Gruntlarning siljishga chegaraviy qarshiligini (siljituvchi urinma kuchlanishlar qiymatini) baholash grunt namunalarini laboratoriya ustaxonasida yoki gruntni bevosita dala sharoitida sinash orqali amalga oshiriladi. Laboratoriya ustaxonalarida siljish ko`rsatkichlari grunt namunalarini biror tekislik bo`yicha qirqish (tekis siljitish), uch yo`nalishda siqish, qanotli (parrakli) tsilindrlar yordamida qirqish, shar yoki konussimon sirtli bikr shtamplarni gruntga botirish va boshqa usullar bilan sinash yordamida o`rnatiladi. 5- rasmda amaliyotda eng ko`p ishlatiladigan tekislik bo`yicha siljituvchi (qirquvchi) asbobning sxemasi ko`rsatilgan. Sinash jarayonida, tsilindr shaklidagi grunt namunasi ustiga vertikal N yuk quyiladi. So`ngra, asbobning harakatlanuvchi xalqasiga pog`onama-pog`ona oshib boruvchi siljituvchi T kuchlar ta`sir ettiriladi. Sinov aniq siljish sodir bo`lgunga qadar, gorizontal T kuchni oshirib borish hisobiga davom ettiriladi. Tajribalar N kuchning boshqa o`zgarmas qiymatlarida ham yuqoridagi tartibda kamida uch marta o`tkaziladi. Bunda, har bir sinovdagi gruntni zichlovchi bosim: p = N / A , (18) bu yerda A – siljish tekisligining yuzasi. 5 – rasm. Gruntlarni tekis qirquvchi qurilma yordamida siljishga sinash: 1 – grunt namunasi; 2 – filtr; 3 – taglik; 4 – harakatlanmaydigan xalqa; 5 – harakatlanadigan xalqa; 6 – porshen; 7 – siljishni o`lchovchi indikator Gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi, har bir sinovda o`rnatilgan siljituvchi T kuchlarni siljish tekisligi yuzasi A ga bo`lib aniqlanadi: с = T/A . (19) Sinov natijalari bo`yicha с = f (p) bog`lanishining grafigi quriladi (6 – rasm). Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling