Gul va meva urug’ tuzilishi


Download 90 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi90 Kb.
#1428810
  1   2   3   4
Bog'liq
Gul va meva urug\' tuzilishi


Gul va meva urug’ tuzilishi
Reja:



  1. Gulning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi

  2. Megasporagenez va urgʻochi gametofit. Gullash va changlanish

  3. Mevalar

4. Urugʻ haqida tushuncha.
5. Urugʻning tuzilishi.
Gulning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi

Gulning tuzilishi va rivojlanishi. Gul novdaning uchki va barg qoʻltigʻidagi mersitemadan hosil boʻlgan reproduktiv organ hisoblanadi. Gulda sporogenez, gametogenez va jinsiy jarayonlar roʻy beradi.


Gul oʻq qismiga yoki guloʻrniga ega boʻlib, unda gulqoʻrgʻoni, changchilar va urugʻchi joylashadi. Urugʻchi bir yoki bir necha urugʻchi barglaridan (karpell) tashkil topgan. Urugʻchining asosiy qismi yopiq tuguncha boʻlib, ichida urugʻkurtak va tumshuqcha joylashgan. Gulning ochiq urugʻlilarning qubbasidan farqi: chang urugʻlanishdan avval tumshuqchaga tushadi, ochiq urugʻlilarga oʻxshab toʻgʻri urugʻ kurtakka emas.
Gul changlanib, urugʻlangandan keyin mevaga, urugʻkurtak esa urugʻga aylanadi.
Gul oʻrni botiq, qavariq va tekis boʻladi. Gul uchki yoki gul yonbarglarning qoʻltigʻidan chiqadi. Guldan pastki boʻgʻimi gul bandi deyiladi. Gul bandi boʻlmagan gullarni oʻtroq gullar deyiladi. Gul bandida ikki (ikki pallali) va bir (bir pallali) kichkina barglar joylashib gul yonbargchalari deyiladi.
Gullar toʻgʻri – aktinomorf, qiyshiq - zigomorf yoki assimetrik boʻladi. Gulqoʻrgʻonining boʻlishi, boʻlmasligi va tuzilishiga qarab gullar: 1) gomoxlamid - gulqoʻrgʻoni oddiy kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan, barglari bir xilda, koʻp sonli, guloʻrnida spiral joylashgan, (lola, magnoliya); 2) geteroxlamid - gulqoʻrgʻoni murakkab, kosacha va tojbarglardan iborat (burchoq, naʼmatak); 3) gaploxlamid yoki monoxlomid - gulqoʻrgʻoni bir qator, koʻpincha kosachabarglardan tuzilgan (gazanda, qayragʻoch); 4) axlamid - gulqoʻrgʻoni yoʻq yalongʻoch (tol, shumtol).
Gullarda jinslarning joylashishi. Gullarda ham changchi ham urugʻchi boʻlsa ikki jinsli deyiladi. Koʻpchilik oʻsimliklarda gullar bir jinsli boʻladi. Urugʻchi ( ), changchi ( ), ikki jinsli ( ).
Bir oʻsimlikda turli tipdagi gullar boʻlsa, bir uyli (makkajoʻxori, eman), urugʻchi va changchi gullar mavjud boʻlib, boshqa-boshqa oʻsimliklarda boʻlsa, ikki uyli deyiladi. Baʼzi oʻsimliklarda ikki jinsli bilan bir jinsli gullar uchraydi va koʻp uyli yoki poligam oʻsimlik deyiladi.
Gul qismlarining joylashishi. Gul qismlari gul oʻrnida maʼlum qonuniyat asosida joylashadi. Koʻpchilik gullarda gul qismlari doira shaklida joylashadi: 4 doira boʻlsa – tetratsiklik, 5 doira boʻlsa – pentatsiklik deyiladi. Bir pallali oʻsimliklarda uchtadan, ikki pallalilarda toʻrt yoki beshtadan gul qismlari joylashgan boʻladi (karamgullar). Koʻpmevalilarda (ayiqtavon) gul qismlari spiral joylashadi. Bu vaqtda gul qismlarining soni koʻp boʻladi va atsiklik gullar deyiladi. Gemitsiklikda gulqoʻrgʻoni doira shaklida, changchi va urugʻchisi spiral shaklida joylashadi (baʼzi ayiqtavonlar) siklik - kosacha barglari spiral, qolgan qismlari doira shaklida joylashadi (naʼmatak).
Gul formula va diagrammasi. Gullarni qisqacha xarakterlash uchun formulasi yoziladi. Bu vaqtda asosan gulning simmetriyaligiga, qatorlar soniga, qismlarning soniga ahamiyat beriladi:
- spiral gul
 - aktinomorf gul
- ikki tomonlama simmetriya
 yoki  - zigomorf
- assimetrik
R - perigon – oddiy gulqoʻrgʻon
K - kosachabarg – Kelch
S - venchik – tojbarg – corolla
A - changchi – androtsey
G - urugʻchi – ginetsey
+ Agar qismlar bir necha aylanma hosil qilsa
( ) - qoʻshilib oʻssa
- koʻpsonli
G(5) - tuguncha ostki
G(5)- tuguncha ustki
G(5)- tuguncha oʻrta

Gul formulasi:


 K5 S5 A∞ G (ayiqtavon)
K2+2 S4 A2+4 G(2) (surepka)



Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling