- Tadbirkor o`ziga xos xususiyatlar, shaxsiy sifatga ega bo`lib, har bir mamlakatning katta milliy boyligini tashkil etadi. Shuning uchun ham yuqori darajali barcha xususiyatlarga ega bo`lgan tadbirkorlikni shakllantirish o`tish davrini boshidan kechirayotgan respublikamiz uchun zaruriyatdir.
- Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mayda tadbirkorlikning ta’siri va ahamiyati kattadir. Har bir mustaqil faoliyatli fuqaro o`rnini biznesda sinab ko`rishga urinadi. Shuning uchun ham tadbirkorlik eng ommaviy va keng tarmoqli xolatdir. Bu to individual, oilaviylikdan tijoriy tashkilot darajasigacha bo`lishi mumkin. Lekin eng muhim tomoni shuki, bu ko`p bo`lmagan va oz sonli yoki o`rta miqdordagi ishlovchilardan iborat bo`lib, bular kichik va o`rta tadbirkorlik mazmunida bo`ladi.
Mayda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o`rni - Ko`pchilik mamlakat bozor iqtisodiyotida kichik biznesning ahamiyati juda katta. Mayda tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal qilishda yetakchi o`rinni egallaydi. Hatto bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda ham bu soha xalq xo`jaligi rivoji, ijtimoiy muammolarni yechishda, ishda bandlik darajasida katta rol o`ynaydi. Ishlab chiqariladigan tovarlar va ularni sotish, xizmat ko`rsatishni rivojlantirish sohalarida salmog`i juda katta. Bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida esa iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, raqobatni taraqqiy ettirishda, yangi ish joylarini ko`paytirishda, iste’mol bozorini tovarlar bilan to`ldirishda, tadbirkorlikni kengaytirishda asosiy ahamiyat kasb etadi.
- Hozirgi vaqtda AQSH iqtisodiyotida eksport roli o‘sayapti. Uning yillik hajmi 1 trln. dollarga yaqinlashayapti. Bu mamlakat iqtisodiy o‘sishini 30 % ga ko‘payishini ta’minlaydi. Korxonalarda yuqori ish haqi bilan 12 mln. ishchi o‘rni yaratadi. Eksportni 15 % (mamlakatda o‘rtachadan yuqori) ga oshiradi.
- AQShda eksportga hamkorlik qiluvchi 100 dan ortiq markaz tuzilgan. Bu markazlar tarmog‘i jahonning 70 mamlakatida 130 tijorat xizmat vakolatxonalari bilan bog‘langan. Ularga Amerika eksportining 95 % dan ziyotrog‘i to‘g‘ri keladi.
- Eksport AQSH ichki milliy mahsulotiga nisbatan taxminan 6,7-7,2 % ni, import-7% dan ko‘proqni tashkil etadi. AQSH tashqi savdo xususiyatlari shuki, 1998 yildan tovar eksport hajmi qiymatlarda pasaya boshladi. Buning asosiy sabablari shuki, AQSH iqtisodi ko‘tarildi. Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida moliyaviy beqarorlikda neft mojoralari tufayli talab kamaydi.
- AQSH da qishloq xo‘jaligi eksportining kamayishi kuzatilayapti. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ikkita muammo bilan to‘qnash keldilar: ichki bozorda qayta ishlab chiqarish va jahon bozorida talabning qisqarishi. AQSH agrosanoat majuasi sezilarli darajada tashqi bozorga qaratilgan: u yetishtirilgan har 3 tonna g‘allaning 2 tonnasini eksport qiladi. Bularning bari AQSH savdo balansida to‘qchilikning o‘sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |