697. Tayanch kompetentsiyalar nechta?
3 ta
698. “Mehnat ta’limi” fani qanday nom bilan o‘zgartirildi?
“Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi
699. Yangi tasdiqlangan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining davlat ta’lim standartlari qachon amaliyotga joriy etiladi?
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich
700. Bilim nima?
o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
701.. Ko‘nikma nima?
o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
702. Malaka nima?
o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish
va yangi bilimlar hosil qilish;
703. Kompetentsiya nima?
Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
704. “Texnologiya” so‘zining izohiy lug’atdagi ma’nosi qaysi bandda to‘g’ri
ko‘rsatilgan?
biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |