Guliston davlat universitet ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti
Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari
Download 50.92 Kb.
|
GALIYEV TOHIR kurs ishi Mikroiqtisod
3 Pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari
Islomda pul siyosatiga katta o`rin beriladi. Tanga pullarni ngmuomala vositasi sifatida ishlatilishi Qur'oni Karimda taqiqlanmasa ham oltin va kumushni jamg`arganlar azobuqubatda bo`lishlari ta'kidlangan. Bir qancha islom olimlari (jumladan, G`azzoliy va Ibn Xaldun) oltin va kumushning pul, vosita sifatida ishlatilishi durust ekanligini aytishadi.Tovar qiymati ishlab chiqarishda vujudga keladi, ammo faqat bozorda bir tovarni ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi.Almashuv hozirgi zamon shakliga etib kelguncha bir qancha bosqichlarni bosib o`tadi. Qiymatning eng elementar shakli bir tovar qiymatining boshqa tovarda gavdalanishidir. Qiymatning oddiy shakli ayirboshlashning endigina paydo bo`lgan davriga to`g`ri keladi: bu vaqtda u hali tasodifiy xarakterga ega bo`lgan. Masalan, 10 metr mato ( 2 qop g`alla. Bunda tovar ekvivalent rolini g`alla o`ynayapdi.Mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o`sishi almashinadigan tovarlar sonini ko`paytiradi, qiymatning to`la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda doimiy tus oladi. Endi tovar qiymati bir necha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi mumkin bo`ladi, ya'ni 2 ta qo`y ( 2 qop g`alla yoki 25 metr chit yoki 3 ta bolta kabi.Xalqlarda va tarixning turli bosqichlarida ekvivalent vazifasini turli tovarlar bajargan. Ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishi, tovar almashuvining rivojlanib, savdosotiq ishlarining milliy doiradan chiqib ketishi, katta xalqaro bozorlarning paydo bo`lishi, yagona umumiy ekvivalent zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu yo`sinda qiymatning pul shakli kelib chiqqan. Umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajara boshlagan. Oltin pulga aylandi. Pul rolini tarixda boshqa materiallar ham (mis, temir, kumush) o`ynagan. Shunday qilib pul-o`ziga xos tovar, umumiy ekvivalentdir.Pulning vujudga kelishida asosiy sabab-tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvidir, buning natijasida ortiqcha mahsulotni ayirboshlash zaruriyati vujudga kelgan. Pul esa ayirboshlashning eng qulay vositasi bo`lganligi sababli insonlar tomonidan qabul qilingan. Download 50.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling