Guliston davlat universiteti 0230101-Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti Maxmudboyeva Feruza Tolibjon qizining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent


Download 24.39 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2023
Hajmi24.39 Kb.
#1401121
  1   2
Bog'liq
A.N. nomidagi TDO\'TvaAU


Guliston davlat universiteti 70230101-Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti Maxmudboyeva Feruza Tolibjon qizining
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 5 haftalik ilmiy amaliyoti davomida bajargan ishlari bo‘yicha
HISOBOTI


1-hafta
Ilmiy rahbarim filologiya fanlari nomzodi A.Axrorovdan stajirovka kundaligini oldim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga bordim, universitet tomonidan tayinlangan stajirovka rahbarim ___________ bilan uchrashdim. Stajirovka dasturida belgilangan topshiriqlarni bajarish yuzasidan maslahatlashib oldim. “O‘zbek tili tarixiy taraqqiyotida fe’l zamonlari” mavzusi tadqiqiga oid e’lon qilingan ishlar ro‘yxatini universitet tomonidan tayinlangan rahbarimga ko‘rsatdim, stajirovka davomida yana qanday adabiyotlar ustida ishlashni kelishib oldim. Mavzuyim yoritilgan ishlar bilan tanishib chiqdim. Mavzu yuzasidan o'zbek tilshunosligida analitik shakl yasalishi va bunday shakl yasaluvchi vositalarga,shuningdek,shakl va mazmun masalasiga to'xtalib o'tilgan tadqiqotlar bilan tanishdim. O‘qilgan ilmiy adabiyotlarning muhim o‘rinlarini qayd etib bordim. Stajirovka rahbarim bilan quyidagi masalalarda maslahatlashib oldim.
1. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni to‘plash.
2. Ularni davriy va mavzu bo‘yicha tizimlashtirish.
3. Manba va adabiyotlar mazmuni bilan tanishish.
4. Ularni badiiy tahlil, adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tavsifiy, qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
5. Mavzuga oid ilmiy izlanishlarni maqolalarda e’lon qilish.
6. Mavzu yuzasidan xalqaro va respublika konferensiya hamda seminarlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etish.
7. Magistrlik dissertatsiyasini tugal tadqiqot holatiga keltirish va himoya uchun tayyorlash.
2-hafta
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga bordim, uning ichki bo‘limlarining faoliyati bilan tanishdim. Universitetning yetakchi olimlari bilan soha bo‘yicha Respublikada va xorijda qilingan ilmiy ishlar, ularning farqli jihatlari xususida suhbatlashdim, qilingan ishlar bilan tanishdim, materiallar yig‘dim, tahlil qildim, magistrlik dissertatsiyasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan materiallarni saraladim va yozdim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi stajirovka rahbari bilan muntazam maslahatlashib borish lozimligini bilib oldim.
Har kuni bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib bordim va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida biriktirilgan stajirovka rahbariga imzolatdim.
3-hafta
Ilmiy rahbarim A.Axrorov bilan birgalikda, mavzuyim haqida suhbatlashdim. Suhbat davomida magistrlik dissertatsiyasida foydalanish mumkin bo‘lgan muhim dalillarni qayd etdim. Aniqlangan yangi adabiyotlarni bibliografiyaga kiritib bordim. Ilmiy ishimga oid ilmiy dissertatsiya, maqolalar bo‘yicha e’lon qilingan ishlar bilan tanishish, materiallar yig‘ish, tahlil qilish, magistrlik dissertatsiyasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan materiallarni saralab yozdim. Suhbat davomida magistrlik dissertatsiyasida foydalanish mumkin bo‘lgan muhim dalillarni qayd etib, tadqiqotimizda ulardan foydalandim. Aniqlangan yangi adabiyotlarni bibliografiyaga kiritdim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi stajirovka rahbari bilan maslahatlashib bordim.
Har kuni bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib bordim va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi stajirovka rahbariga imzolatib bordim.

4-hafta
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tilshunoslik tarixi sohasida ozmi-ko‘pmi tadqiqot olib borgan olim va tadqiqotchilari bilan tilshunoslik tarixi muammolari, soha bo‘yicha amalga oshirilgan va oshirilayotgan izlanishlar xususida suhbatlashdim. Suhbat davomida magistrlik dissertatsiyasida foydalanish mumkin bo‘lgan muhim dalillarni qayd etib bordim va ulardan foydalandim. Aniqlangan yangi adabiyotlarni bibliografiyaga kiritdim
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi stajirovka rahbari bilan maslahatlashib bordim. Har kuni bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib, stajirovka rahbariga imzolatib bordim.
5-hafta
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasiga borib, o‘zbek dostonchiligi sohasi yuzasidan qilingan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishdim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkaziladigan yillik anjumanlar rejasi bilan tanishdim. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi stajirovka rahbari bilan maslahatlashib bordim.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi ilmiy-pedogogik faoliyat va amaliyotning so‘nggi beshinchi haftasida quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
O‘zbek tilida analitik shakl yasalishi va bunday shakl yasaluvchi vositalarga ,shakl va mazmun masalasi bo’yicha e’lon qilingan ishlar bilan tanishish, materiallar yig‘ish, tahlil qilish, magistrlik dissertatsiyasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan materiallarni saralash, yozish.
Stajirovka davomida fanning eng yangi yutuqlarini o‘rgandim hamda magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardim, magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur bo‘lgan manbalarni yig‘dim, ularni tahlil qildim va natijalarini amaliyotchi pedagoglar, mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazdim.
Tashkilotda o‘z mutaxassislik fani yuzasidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdim, material to‘plab, ayrim sinov-tajriba ishlarini olib bordim.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti
universiteti o’zbek filologiyasi
kafedrasi mudiri: ________ ____________________
Amaliyot rahbari: ________ ____________________
Magistr: ________ ____________________


Download 24.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling