Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet207/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Kombinatsiyalashgan usul mahsulot tannarxini hisoblashning turli usullaridan foydalanishni o’z ichiga oladi. Ayniqsa, kompleks ishlab chiqarishlarda keng qo’llaniladi.
Ishlab chiqarish chiqindilari - bu dastlabki xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy foydasi uncha baland bo’lmagan va korxonaning asosiy ishlab chiqarishdan keyingi texnologik jarayonlarida qayta ishlanmaydigan yoki qayta ishlash mumkin bo’lmagan yohud qayta ishlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan qoldiqlardir.
Xom ashyoni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tasnifiga misol sifatida go’sht va yog’ ishlab chiqarishda chorvani so’yishdan olinadigan mahsulotlar xizmat qilishi mumkin. Asosiy mahsulotlar suyakli go’sht, yo’ldosh mahsulotlar – submahsulotlar, eritilgan yog’, terilar va ichak tovoqlari, chiqindilar - hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llaridagi ajratmalar.


8.5. Kompleks ishlab chiqarishlarda mahsulot tannarxini
hisoblash xususiyatlari

Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy xususiyati ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir nuqtaga etmasdan turib uni aniqlay olmaslik bo’lib, uni ajratish nuqtasi deb ataladi. Bunday holda, xom ashyoni alohida mahsulotlarga ajratish bir vaqtning o’zida yoki turli davrlarda amalga oshirilishi mumkin.


Ajratish nuqtasiga qadar qayta ishlanadigan xom ashyo va uni qayta ishlash xarajatlaridan iborat jami xarajatlar paydo bo’ladi. Ajratish nuqtasidan so’ng, olingan mahsulotlar tayyor mahsulotlar bo’lishi mumkin (masalan, suyakli go’sht) yoki kelgusida qayta ishlanishi lozim bo’lgan mahsulotlar (submahsulotlar, xom yog’, xom ichak chavoq, xom terilar). Keyingi holatlarda, kelgusida qayta ishlash xarajatlari asosiy va yo’ldosh mahsulotlarning alohida turlariga bo’linadi.
Asosiy va yo’ldosh mahsulotlarni ishlab chiqishda umumiy xarajatlarni mahsulotlarning alohida turlari o’rtasida taqsimlashga ehtiyoj tug’iladi. Buning uchun xarajatlarni mutanosib taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni ikki turga bo’lish mumkin:
1) natural ko’rsatkichlar asosida;
2) qiymat ko’rsatkichlari asosida.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling