Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar


Download 1.96 Mb.
bet222/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot hisobiga yo’qotishlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvarag’ining debetida aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo’yicha xarajatlar, shuningdek kafolatli ta’mirlash xarajatlari yig’iladi.
2600 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvarag’ining kreditida yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlarning kamayishiga olib boriladigan summalar (yaroqsiz mahsulotning foydalanish mumkin bo’lgan bahosi bo’yicha qiymati, yaroqsiz mahsulotning aybdorlaridan ushlanadigan summalar, mol etkazib beruvchilar tomonidan etkazib berilgan sifatsiz materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan yaroqsiz mahsulot va boshqalar uchun undiriladigan summalar), shuningdek yaroqsiz mahsulotlardan ko’rilgan yo’qotish sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob korxonaning alohida tsexlari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsiz mahsulotlarning vujudga kelish sabablari bo’yicha yuritiladi.
Quyida ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo’yicha materiallar sarflandi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan tuzatib bo’lmaydigan yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlarning hisobdan chiqarilishi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
3) O’zida ishlab chiqarilgan yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar aniqlandi va hisobdan chiqarildi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
4) Umumishlab chiqarish xarajatlarining ulushi yaroqsiz mahsulotlar tannarxiga kiritildi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”.
5) Xaridorga yaroqsiz mahsulot o’rniga yuborilgan mahsulot tannarxi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
6) Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatishda va kafolatlangan ta’mirlash bo’yicha mol etkazib beruvchilardan olingan xizmatlar:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
7) Ishlab chiqarishda brakka tegishli bo’lgan ijtimoiy to’lov bo’yicha xarajatlar:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”.
8) Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo’yicha mehnat haqi summasi hisoblandi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
9) Yaroqsiz mahsulotlarning qaytarilishi va boshqalar bilan bog’liq summalarning hisobdor shaxslar hisobidan chiqarilishi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
10) Istemolchilar tomonidan olingan yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo’yicha qilingan xarajatlari uchun ularga bo’lgan qarz:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
11) Yaroqsiz mahsulotni tuzatishdan qolgan va yakuniy yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarishdan olingan moddiy qiymatliklarning (foydalanish mumkin bo’lgan bahosida) kirim qilinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
12) Yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
13) Yaroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar moddiy zarar etkazgan aybdor ishchilar hisobiga hisobdan chiqarildi:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
14) Kompensatsiya qilinmaydigan o’tgan yillarning yaroqsiz mahsulotlaridan yo’qotishlar zararga hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling