Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet456/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Bank belgilari - O’zR Markaziy banki tomonidan chiqarilgan pul belgilari. Bank belgilari hozirgi payta 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 so’mlik ko’rinishlarida chiqariladi. Pul belgilari tanga shaklida ham mavjud: 100, 200 va 500 so’mlik. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, 1994 yil 1 iyulda milliy valyutamiz muomalaga chiqarildi (boshida milliy valyutamiz kupyuralari 1, 3, 5, 10 va hokazodan iborat edi).
Ular oltin va boshqa qimmatbaho buyumlar, shuningdek, tovarlar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bank belgilari iqtisodiyot iste’moliga mos ravishda, davlat banki kassa va kredit rejasiga asosan rejalashtirilgan tartibda muomalaga chiqariladi.
Bank belgilarini qat’iy hisobga asoslangan holda chiqarish lozim, ta’minlanmagan pul belgilari pul qadrsizligi (inflyatsiya)ga olib keladi.
Bank emitent - muomalaga pul belgilari, qimmatbaho qog’ozlar, to’lov-hisob-kitob hujjatlarini chiqaruvchi bank.
Bank korrespondent - boshqa banklar bilan o’zaro munosabatlarda bo’ladigan va ularning topshiriqlari bilan ma’lum bir moliyaviy jarayonlarni bajaruvchi bank.
Banknotalar - kreditli pullarning asosiy turi bo’lib, emission banklar tomonidan chiqariladigan foizsiz majburiyatlar (bank biletlari). Banknotalar tovarlar, vasiqalar va boshqalar garovligi asosida banklarning ssuda jarayonlari sifatida chiqariladi va ssuda muddati tugaganidan so’ng bankka qaytariladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqariladigan banknotalar qog’oz pullarga aylanadi. Hozirgi vaqtda banknotalarning asosiy turi qog’oz pullar muomalaga iqtisodiyotning ehtiyojiga ko’ra chiqarilmoqda. Ular oltin, qimmatbaho metallar va davlat boshqa aktivlari bilan, shuningdek, tovarlar bilan ta’minlangan.
Banko - bankning qimmatbaho qog’ozlarni sotish va sotib olishi bo’yicha belgilangan baho (kurs).
Bankrotlik - to’lov qobiliyatini yuqotgan qarzdor, ya’ni qarzlarni to’lash imkoniyatiga ega bo’lmagan tugatilayotgan yuridik va jismoniy shaxs. Fuqaro, kompaniya yoki korxonaning mablag’i yo’qligi moliyaviy inqiroz sababli o’z majburiyatlarini to’lashdan voz kechishi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   452   453   454   455   456   457   458   459   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling