Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


B. Korxona mulkini muhozafa qilish


Download 1.96 Mb.
bet466/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

B. Korxona mulkini muhozafa qilish.
Korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobi shu korxona mulkiga nisbatan tejamli munosabatda bo’lishni, uni har xil nobudgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat qilib, ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashi lozim.
C. Korxonalarda xo’jalik hisobini joriy etib, uni mustahkamlash va iqtisodiy rejimni (tejamkorlikni) joriy etish, hamda takomillashtirib borish.
Buxgalteriya hisobiga quyidagi talablar qo’yiladi.
1) reja ko’rsatkichlari bilan hisob ko’rsatkichlarini taqqoslash mumkinligi. Masalan, reja ko’rsatkichlari, mahsulot (tovar) turi, navi, bahosi, miqdori, hajmi va hokazo belgilari bo’yicha reja ko’rsatkichlarini hisob ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda kerak bo’ladi. Hisob yuritishda ham xuddi shu belgilari e’tiborga olinmasa, rejadan tafovutlar mohiyati va sababalarini aniqlab bo’lmaydi. Yana bir mohiyati, hisob ko’rsatkichlari kelgusi davr ko’rsatkichlarini tuzish uchun manba bo’lib hisoblanadi;
2) hisob ma’lumotlarining aniq va to’g’riligi, bu qonuniy tomondan ham muhofaza etiladi;
3) to’laligi va o’z vaqtida bajarilishi, bu talabning mohiyati shundaki, qachonki korxona buxgalteriyasi orqali uning faoliyati haqida to’liq ma’lumot o’z vaqtida olinsa, boshqaruv yaxshilanadi, ichki imkoniyatlar aniqlanadi, kamchiliklar oldi olinadi va yoki ro’y bersa, oqibatlari tezroq tugatiladi;
4) ravshan va hammabopligi, bu talabning mohiyati, shundaki, bu talabga javob bergan buxgalteriya ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilar ham, korxona xodimlari ham keng foydalana oladilar. Bu talabga javob berishi uchun hisob ishlari soddalashtiriladi, rekvizitlar kamaytiriladi, malakali xodimlar jalb qilinadi;
5) rejaligi va arzonligi, buning natijasida ortiqcha sarflar kamaytiriladi. Bunga erishish uchun quyidagilar bajarilishi talab etiladi: hisob xodimlarini qisqartish, hisob siyosatini mukammallashtirish, ishlarni to’la mexanizatsiyalashtirish, buxgalteriyani markazlashgan shaklga keltirish (yirik korxonalarda), hujjat aylanishini oqilona tashkil etish.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling