170. Tashkilot faoliyati bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Yil davomida xarid qilingan tovarlar summasi
|
1 000 000 000
|
Yil oxiriga tovar qoldig’i
|
100 000 000
|
Xaridorlardan kelib tushgan pul mablag’lari
|
815 000 000
|
Barcha tovarlar xarid qilingan bahosidan (tannarxidan) 35 foiz yuqori bahoda sotilgan. Barcha tovarlar kreditga sotilgan va barcha sotilgan tovarlar uchun pul albatta olinadi deb faraz qilinsa, yilning oxirgi kuniga, ya’ni 31 dekabrga “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”da qoldiq (saldo) qanchani tashkil qiladi?
A) 900 000 000 so’m;
B) 400 000 000 so’m;
C) 100 000 000 so’m;
D) 815 000 000 so’m;
E) 1 215 000 000 so’m.
171. Byudjet tuzilgan yil mobaynida ishlab chiqarish korxonasi kreditga 5 000 000 000 so’mdagi mahsulot sotib, undan shu yili 4 500 000 000 so’m kirim qilmoqchi. Agar, shu hisobot yilida boshqa hech qanaqangi tushum bo’lmaydi va aynan shu yilgi pul to’lovlari 4 800 000 000 so’mni tashkil qiladi deb faraz qilsak. Bulardan tashqari “Hisob-kitob hisobvarag’i” hisobvarag’ida yilning oxirida yana 50 000 000 so’m qolishi lozim bo’lsa, korxona o’z faoliyatiga qo’shimcha ravishda yana qancha mablag’ni jalb qilishi lozim?
A) 4 800 000 000 so’m;
B) 4 500 000 000 so’m;
C) 350 000 000 so’m;
D) 5 000 000 000 so’m;
E) 9 300 000 000 so’m.
172. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobi qanday qismlarga bo’linadi?
A) moliyaviy hisob va statistik hisob;
B) boshqaruv hisobi va dinamik hisob;
C) moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi;
D) moliyaviy hisob va soliq hisobi;
E) boshqaruv hisobi va soliq hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |