197. "JIT" hisob tizimi – ...
A) faoliyat turlari va funktsional xizmatlar bo’yicha hisob yuritishni nazarda tutadi;
B) korxonaning ma’lum davrga mo’ljallangan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rejalashtirishni ifodalaydi;
C) korxona xarajatlarini ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga bog’liq holda doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lishga asoslangan tannarx hisoblash tizimi hisoblanadi;
D) mahsulotlarni yirik turkumlarda ishlab chiqarishdan voz kechish, buning o’rniga uzluksiz, buyurtma olingan vaqtdan boshlab mahsulot ishlab chiqarish orqali ortiqcha xarajatlarni bartaraf qilish va ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan hisob yuritish tizimidir;
E) xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish tizimi bo’lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi avvaldan hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi.
198. Qaysi qatorda "ABC" hisob tizimining kamchiligi ifodalangan?
A) bevosita xarajatlarning to’liq nazorat qilinmasligi;
B) mahsulot sifatini tahlil qilish amalga oshirilmayotganligi;
C) xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchanga ajratilmasligi;
D) normativlarni doimo yangilab turish zarurligi;
E) an’anaviy buxgalteriya hisobida xarajatlar me’yorlarining bozor sharoitlariga moslab istiqbolli tuzatib borilmasligi.
199. SCA (Xarajatlarni strategiya tahlil qilish) usulining afzalliklari keltirilgan qatorni ko’rsating.
A) mahsulot sifatini kompleks boshqarish tamoyili (TQM) asosida mahsulot sifatini va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;
B) iste’mol qiymati (xaridorning yutug’i)ni shakllantirish zanjiri yordamida raqobatchilar ustidan barqaror mavqega ega bo’lish;
C) ustama xarajatlarni minimallashtirish;
D) fan-texnika taraqqiyotini o’rganib borish va yanti texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
E) barcha javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |