Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA
Mikroorganizmlar – ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi,
chunki ularning hujayradagi konsentratsiyasini mikroorganizm o‘sishini tezlatish yoki genetik manipulyasiya hisobiga oshirish mumkin. Mikroorganizmlar tez o‘sadi, arzon muhitlarda o‘sadi va turli fermentlarga boydir. Mikrob fermentlari hozirda o‘simlik va hayvon fermentlari o‘rnini bosmoqda. Qator fermentlar meditsina diagnostikasida ham o‘ziga xos o‘rin egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza qon zardobidagi xolesterin, ureaza esa siydik kislotasi miqdorini miqdorini o‘lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi tadqiqotlarida esa restriktatsion endonukleazalar va ligazalar ishlatiladi. Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham o‘rin egallaydi. Qattiq yoki suyuq ozuqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko‘p miqdorda ballast moddalap bordir. Fermentlarni ajratish va tozalash - ko‘p mehnat va harajat talab qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko‘rinishida ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida em-xashak tayyorlashda yoki fermalarda emlarni qayta ishlashda qo‘llash mumkin. Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi), hamda tekstil, mo‘yna va mikrobiologik sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to‘liq tozalangan, ya’ni faqat toza ferment preparatlari ishlatiladi. Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq ozuqa muhitda o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida preparatning ymumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya’ni uning ulushiy faolligi optadi. Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling