Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan
Download 312.5 Kb.
|
70 19 To'xtayev Bunyod Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasidan (2)
Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki,nqarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalganoshirishga yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo`naltirilganligi.
23 masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo, aniq biror obyektga maqsadli yo`naltirilganligi korxona bilan bank oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomada ko`rsatilgan bo'ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko`rsatilgan ishni bajarishga sarflashi kerak. Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi. Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud boʻlishi va harakat qilishining muhim tomonlarini oʻzida ifodalaydi. Bizning fikrimizcha bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritish zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to`lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar ma'lum bir loyihalarning bajarilishiga yo'naltirilgan boʻladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishdan oldin loyihani bajarish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga 24 e'tibor beradigan bo'lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin ajratiladigan mablagʻlarning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. Agar loyihaga qo'yiladigan mablagʻlar samara beradigan bo`lsagina, shu loyiha uchun mablagʻ ajratiladi. Kreditning samaradorligini ta'minlash maqsadida gʻarb mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qoʻllaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «S» lar qoidasi» deb yuritiladi. «5 «S» lar qoidasi» ga asosan har bir «S» boʻyicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga asosan «S» harflari korxonaning xoʻjalik faoliyatining quyidagi jihatlarini ifodalaydi. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling