VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keyslar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test topshirig‘ini bajarishlari lozim.
Joriy nazorat. Bu amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda mavzularga mos mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar asosida (shaklida) o‘tkaziladi va umumiy 20 ball bilan baholanadi.
Oraliq nazorat. Bu semestr davomida 2 marta o‘quv mashg‘ulotlarda, mustaqil ta’lim hisobga olinib, test shaklida o‘tkaziladi va umumiy 30 ball bilan baholanadi.
Oraliq va joriy nazorat uchun ajratilgan 50 ballning 60%ini (30 ball) to‘plagan talabalarga yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.
Yakuniy nazorat.
Yakuniy nazorat test shaklida o‘tkaziladi va unga o‘zlashtirish uchun 50 ball ajratiladi. Ushbu ballning 60%ini (30 ball) to‘plagan talabalar fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
Fanga semestr uchun jami 100 ball ajratiladi. Umumiy to‘plagan ballar fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilaydi va quyidagi jadval asosida uning baholash ko‘rsatkichi aniqlanadi hamda fanni o‘zlashtirganda unga ajratilgan kredit miqdori beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |