Soliq solish ob„ekti, bazasi va soliq stavkalari.
Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq
solish ob‗ekti hisoblanadi.
Yer usti manbalariga daryolar, ko‗llar, suv omborlari, yer yuzasidagi
boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar kiradi.
Yer osti manbalariga artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va
gorizontal zovur tarmog‗i kiradi.
Foydalanilgan suv resurslarining xajmi soliq solish bazasi hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suv
o‗lchagich asboblarining ko‗rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‗lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan
foydalanish limitlaridan, suv iste‗molining texnologik va sanitariya
normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‗orish normalaridan yoki
ma‗lumotlarning to‗g‗riligini ta‗minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Soliq to‗lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv
resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar.
Yuridik shaxslarning hududida ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni
bajaruvchi soliq to‗lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida
foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
to‗lamaydi. Ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda
foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun
bajarilayotgan bo‗lsa, o‗sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq to‗laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan
taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗laydi.
Yagona yer solig‗i to‗lovchilari bo‗lmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari
soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‗oriladigan erlarni sug‗orish
uchun sarflanadigan suvning butun xo‗jalik bo‗yicha o‗rtacha hajmidan kelib
chiqqan holda aniqlaydi.
2011 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagi
jadval ma‗lumotlarida keltirilgan.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |